Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Yoshlar oyligi” davom etmoqda.

Paxtakorda “Yoshlar oyligi” davom etmoqda.

17 июнь 2023 йил
160
0

 Paxtakorda “Yoshlar oyligi” doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali davom etmoqda!

Jizzax viloyati Jizzax shahar Olmachi qo'rg'oni Jizzax garnizoni 25931-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli 23340 va 08918-harbiy qismlari, tuman hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik festivalda qo'l jangi hamda faxriy qorovul saf chiqishlari harbiy orkestr jamoalari ishtirokida ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ketma-ketligi yoshlarda vatanparvarlik shijoatini oshirib ularga yanada ko'tarinki berdi.

“Yoshlar oyligi” doirasida joylarda turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani ertamiz egalari dilidagi vatanparvarlik hislarini oshirishga qaratilganligi bilan e’tibor qozonib kelinmoqda. Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida aholi koʻplab yigʻiladigan joylarda, istirohat bogʻlarida, sayyor konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Xususan, tuman markazida joylashgan “Yoshlar sayilgohi” istirohat bogʻi ayni kunda qaynoq qalbli yoshlar bilan gavjum bo’ldi. Harbiy orkestr jamoasi tashrifini hamda harbiylarning vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlarini maskan ahli yuqori kayfiyatda kutib oldi. Turli so’zlar uygʻunligida taralayotgan kuylar aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar uchun yuqori kayfiyat manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар