Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Shaxmat bo’yicha” Oʻzbekiston birinchiligi” tuman bosqichi bo’lib o’tdi

Shaxmat bo’yicha” Oʻzbekiston birinchiligi” tuman bosqichi bo’lib o’tdi

23 июнь 2023 йил
201
0

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi ”Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4954-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta'lim agentligining “Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida ”Shaxmat kunlari”ni o'tkazib borish to'g'risida”gi 2023-yil 19-iyundagi 58-sonli buyrug'i hamda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023 yil 21-iyundagi 01-04/6-787-sonli xatining ijrosini ta'minlash maqsadida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqaning tuman bosqichini joriy yilning 23-iyun kuni 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.

Mamlakatimizda shaxmatni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishiga hissa qoʻshish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Tuman bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari hamda 14 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari oʻrtasida oʻtkazildi.

Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan I, II va III oʻrin gʻoliblari aniqlandi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi hamda maktabgacha ta’lim bo’limining diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Qiz bolalar oʻrtasida I oʻrin Esanova Shaxriza (2-DMTT), II-oʻrin Xudoyqulova Kumushbibi (10-DMTT), III-oʻrinni Shodixonova Guljahon (9-DMTT) egalladi.

Oʻgʻil bolalardan I-oʻrin O’sarov Behruz (5-DMTT), II oʻrin Rashidov Sharof (2-DMTT), III-oʻrin O’ralboyev Temur (13 DMTT)ga nasib qildi.

Maktabgacha ta’lim tizmi xodimlari oʻrtasida I-oʻrinni Bozorova Gulyora (6-DMTT), II-oʻrin Tilavova Mohira (1-DMTT), III-oʻrin Ulug’boyev Nurhayot (8-DMTT) egalladi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар