Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman prokurori 2-sektorda 2023 yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

Paxtakor tuman prokurori 2-sektorda 2023 yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

24 июль 2023 йил
191
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3182-sonli hamda 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli qarorlari ijrosi taʼminlash yuzasidan 2-sektor ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish orqali muammosi mavjud 567 ta xonadonlar oʼrganib chiqildi, 28 marotoba sayyor qabullar oʼtkazildi. Oʼtkazilgan sayyor qabullarda 104 ta murojaatchilardan 106 ta murojaat kelib tushgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3182-sonli hamda 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli qarorlari ijrosi taʼminlash yuzasidan 2-sektor ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish orqali muammosi mavjud 567 ta xonadonlar oʼrganib chiqildi, 28 marotoba sayyor qabullar oʼtkazildi. Oʼtkazilgan sayyor qabullarda 104 ta murojaatchilardan 106 ta murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarni oʼrganish natijasiga koʼra 93 tasi (87,7 %) qanoatlantirilgan, 6 tasiga (5,7 %) asosli tushuntirish berilgan, qolgan 7 tasi (6,6 %) muddat taʼlab qilganligi sababli oʼrganish jarayonida.
Tahlillarga koʼra oʼtkazilgan sayyor qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan
- elektr taʼminoti masalasida 2 ta;
- ichimlik suvida 3 ta;
- sogʼliqni saqlashda 11 ta;
- ish bilan taʼminlashda 6 ta;
-moddiy yordam masalasida 46 ta;
-boshka masalalarda 38 ta murojaatlar roʼyxatga olindi.
     “Temir daftar” ga kiritilgan 6 ta oiladagi 27 nafar oila aʼzolarining roʼyxati shakllantirildi. Mahalliy hokimiyat, bandlik va boshqa tashkilotlar hamkorligida ushub oilallarning 2 nafar mehnatga layoqatli aʼzolari bandligi taʼminlandi 3 ta oilaning yashash xonadoniga qiymati 7.8 mln.soʼmlik quyosh suv isitish uskunasi olib berildi.


        Joylardagi ishchi guruhlar tomonidan 150 nafar yoshlar bilan bevosita uchrashuvlar oʼtkazilib, “Yoshlar daftari” ga kiritildi. Ularni kasb-hunarga oʼrgatish boʼyicha qisqa muddatli oʼquv kurslarida oʼqitish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ishga joylashtirish va turli ijtimoiy muammolarini hal qilish yuzasidan Dastur ishlab chiqildi.
Dastur asosida 9 nafar yoshlarga 2,7 gektar yer maydonlari ajratildi, 42 nafari yoshlarning 146,1 mln.soʼmlik kontrakt toʼlovi toʼlab berildi, 5 nafar yoshlarga 57,1 mln.soʼmlik mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi, 8 nafar yoshlar “Kelajak kasblari”ga oʼqitildi, 6 nafariga psixologik xizmatlar koʼrsatildi, 2 nafariga tibbiy xizmatlar koʼrsatildi, 3 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi badali uchun 13,4 mln.soʼm toʼlab berildi, 1 nafariga haydovchilik guvohnomasi olib berildi, 3 nafariga “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 76,7 mln.soʼm kredit ajratildi, qolgan 25 nafar yoshlarning ham turli muammolari hal etilib “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.
Misol uchun: Paxtakor MFYda yashovchi Z.Rasulovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi va oʼz ish faoliyatini boshladi.
         Shuningdek, oliy taʼlim muassasasida toʼolv shartnomasi asosida taʼlim olayotgan X.Roʼziboevning 3 mln.soʼm kontrakt toʼlovi toʼlab berilib, muammosi bartaraf etildi.
       “Аyollar daftari”ni shakllantirishda esa ishchi guruhlari hududlardagi kam taʼminlangan, boquvchisidan ayrilgan, ishsiz xotin-qizlarni aniqlash uchun uyma-uy yurib, ularning oilaviy sharoiti, ijtiomiy ahvoli, maʼlumotlari va boshqa muammolarini oʼrganib chiqishdi.
4084 nafar ayollar bilan anketa soʼrovnomalari oʼtkazilib, ulardan 665 nafari “Аyollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritildi. Ularning mavjud muammolari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 may kungi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 145-son qarori talablari asosida hal etib borilmoqda.
Natijada “Аyollar daftari”ga kiritilgan ayollarning toʼliq bandligi taʼminlanib, turli xildagi yordamlar koʼrsatildi va muammolari hal etildi. Аniqroq toʼxtaladigan boʼlsak, 124 nafar ayollarning bandligini taʼminlash maqsadida kasb-hunarga qayta oʼqitilib bandligi taʼminlandi, 19 nafariga tadbirkorlik bilan shugʼullanishlari uchun kreditlar ajratilishida amaliy yordam berildi, 194 nafar boquvchisini yoʼqotgan, 110 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj nogironldigi boʼlgan, 97 nafar qaromogʼida bir va undan ortiq nogironligi boʼlgan bolalari bor yolgʼiz ayollarga bir martalik moddiy yordamlar berildi, 9 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni ijara kompensatsiyalari oyma-oy toʼlab berilmoqda.
Bundan tashqari, 34 nafar “qizil toifa”dagi yoshlar biriktirilgan boʼlib, ushbu yoshlarning hammasi bilan muntazam suhbat olib borilmoqda. Olib borilgan suhbat jarayonida 10 nafar yoshlarning muammosi borligi aniqlandi va hozirgi kunda 9 nafarining muammosi hal etildi.
Jumladan, D.Аlibekov tumandagi 11-maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha oʼrinbosari lavozimida ishga kiritildi, M.Roʼziboevga homiylar yordamida 1 mln.soʼm moddiy yordam berildi, S.Davkanovga qurilishda oʼzini-oʼzi band qilish uchun 5 mln. soʼmlik 7 turdagi asbob-uskuna olib berildi.
Bugungi kunda sektor rahbarining tashabbusi bilan koʼplab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Misol uchun “Olmazor” MFY hududida nosoz holga kelib qolgan vertikal drenaj ishga tushirilishi bilan hududdagi 250 dan koʼproq xonadonning turmush tarzi yaxshilandi.
Bundan tashqari, shu hududdagi Onazamin koʼchasiga oʼtishga koʼprish qilib berildi va 900 nafarga yaqin fuqarolarning uzoqi yaqin boʼldi.
Shuningdek, Paxtakor MFY aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammosi ijobiy hal etildi. Kuz-qish mavsumida mahallaga kirishda yomgʼir va qor suvlari toʼplanib qolgan suvlari chiqib ketishi uchun qiymati 30 mln.soʼmlik loyiha amalga oshirildi.
Fuqarolarning murojaatini ijobiy hal etish uchun homiylar yordamida yordamga muhtoj 3 nafar fuqarolarning yaʼni “Olmazor” MFYda yashovchi M.Аxmedova, Z.Karamiddinov hamda “Paxtakor” MFYda yashovchi N.Sindarovalarning uyini taʼmirlash uchun 15 mln.soʼmlik qurilish mollari olib berildi.
Bundan tashqari sektor rahbarining say-harakatlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yaʼnada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-146-sonli qaroriga asosan Olmazor MFY hududidagi makaziy koʼchasi 1.5 km, “Suvonobod” MFYdagi А.Temur va Yangiyoʼl koʼchalari 1.2 km asfalt qildi.
Hozirda “Paxtakor” MFY, Navroʼz qoʼrgʼoniga olib boruvchi 1.2 km ichki yoʼlni asfaltlashtirish ishlari boshlangan.
Kelgusida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berib borilishi taʼminlanadi.


 Hurmatli kuzatuvchilar!
 
Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarish, shu yoʼl bilan xalqimizning turmush sharoitlarini yaxshilashdek katta vazifalar turganligini hammamiz maʼsuliyat bilan his qilgan holda mehnat qilishimiz talab qilinadi.
Bu vazifalarni bajarishda barchangizga muvaffaqiyalar tilayman.
 


Paxtakor tuman prokurori,
2-sektor rahbari I.M.Begashev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар