Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Siz bilmagan - Obodonlashtirish xodimlari

Siz bilmagan - Obodonlashtirish xodimlari

24 июль 2023 йил
130
0

 Yo‘l bo‘yiga hafsalasizlik bilan uloqtirilgan pista po‘chog‘ining egasi orom uyquda bo‘lgan tong saharda boshqa birov uni tozalash bilan ovora.

 

Shahar hali uyg‘onmagan bir paytda, obodonlashtirish xodimlari allaqachon o‘z ishlarini boshlab yuborishga ulgurishadi. Tong nechada otishidan, ob-havo qanday kelishidan, ish yoki bayram kuni bo‘lishdan qat'iy nazar ular uchun ish vaqti aniq, qilinadigan ish tayin. Rejimdan chekinish yo‘q. Maqsad shaharni orasta qilish.

 

Ammo biz har doim ham sariq nimchali tozalik jonkuyarlari mehnatini ilg‘amaymiz. Oqlangan daraxtlar, yig‘ib olingan xazonlar, supurilgan yo‘laklar, kuniga minglab insonlarni o’z bag’riga olayotgan “Yoshlar sayilgohi” ozodaligi xuddi o‘z-o‘zidan bo‘lib qolayotgandek, doim shunday bo‘lish kerakdek.

 

Bugun eng hurmatga sazovor insonlar bu - shubhasiz, obodonlashtirish xodimlari. Issiqda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga o’z minnatdorligimizni bildiramiz.

 

Iltimos chiqindi tashlamang, Siz ham yaxshilik qiling, baxt ulashing. Ozgina mehr va e'tibor ko‘ngillarni tog‘dek qilishi mumkin. Siz bunga qodirsiz rahmat!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар