Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” keng nishonlandi

“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” keng nishonlandi

14 декабрь 2022 йил
277
0

 Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotini boyitish bilan bir qatorda xalqning istak-xohishini qondiruvchi soha hamdir. Xonadonimiz munavvarligi, dasturxonimiz to‘kinligi ob-havoning injiqligi-yu murakkab sharoitga qaramay bilim va tajribasini, salohiyatini ishga solib, zamoniy ilm-fan texnikasidan foydalanib, mo‘l hosil olayotgan dehqon va fermerlar sabablidir. Tinim nimaligini bilmasdan erta bahor kelishi bilan ona zamin bag‘riga urug‘ qadab, rizq yo‘llarimizni ochadigan, xonadonlarimizdagi fayz-u baraka sababchisi bo‘lgan fidoyi mirishkorlar mehnati qadrlangan holda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va tashabbusi bilan har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasini “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlab kelmoqdamiz. Vohamizda ushbu kun munosabati bilan dehqon, fermerlar faoliyatiga nazar tashlandi hamda ularning mehnati munosib qadr va baho topti.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi: bog‘dorchilik, dehqonchilik sohalari doirasidagi yangilanish, o‘zgarishlar misli ko‘rilmagan darajada. Davlatimiz rahbari tomonidan sohada keng imkoniyatlar yaratilib, qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatiga munosabat tubdan o‘zgardi. Erkin faoliyat yuritishi kafolatlanib, ularning huquqlari yanada mustahkamlandi.

Dunyoning yarim aholisidan ortig‘i ochlik, mahsulot yetishmovchiligi kabi tashvishlardan aziyat chekib turgan bir paytda bizning mehnatkash xalqimiz faoliyati mahsuli ila yildan-yilga sifat va miqdor oshsa oshmoqdaki, kamayayotgani yo‘q. Bu yo‘lda xizmat qilayotganlarni qancha e’tirof etsa shuncha kam. Bayram munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasining haqiqiy fidoyilari estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bayram tantanalari to‘kin dasturxon atrofida, sho‘x kuy-navolar jo‘rligida davom etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар