Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Ishbilarmon ayollar saralanmoqda

26 июль 2023 йил
178
0

 Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi, tuman xotin-qizlar qoʼmitasi hamda mahalla hayriya jamoat fondi hamkorligʼida "Ishbilarmon ayol" koʼrik tanlovining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi.

“Ishbilarmon ayol - 2023” koʼrik–tanlovining Paxtakor tuman bosqichi koʼtarinki ruhda tashkil qilindi. Bunda 15 nafarga yakin tadbirkor, hunarmand va ishbilarmon ayollar oʼzlari ishlab chiqargan mahsulotlar koʼrgazmasi bilan qatnashdilar.

Mazkur koʼrik – tanlovda tadbirkor ayollar oʼz mahsulotlari va ishlanmalarini talabchan hakamlar hayʼati eʼtiboriga havola etdilar.

Tadbir soʼngida 1-oʼrinni Toshkent MFY "Munira-umid" MChJ rahbari Holiqova Munira, 2-oʼrinni Oq buloq MFY oilaviy dehqon xoʼjalik rahbari Rayimqulova Gulchehra, 3-oʼrinni Dilorom MFY, oilaviy tadbirkor Joʼraboeva Inobatxonlar Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар