Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani IIB MvaFRGning joriy yilning 6 oy davomida amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisida

Paxtakor tumani IIB MvaFRGning joriy yilning 6 oy davomida amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisida

27 июль 2023 йил
149
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida ID karta berish to‘g‘risida»gi PF-6065-sonli Farmoni asosida joriy yilning 6 oyi davomida 4990 nafar fuqarolarga ID-karta hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish xamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4079-son Qarori asosida 2011 nafar fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirilib berildi.

Tuman hududida “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash”, “Ramazon” va “Qurbon hayiti”, “Mustaqillik” hamda “Konstitutsiya kuni”, “Yangi yil” va boshqa bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash, turli ekstremistik oqim a’zolari shuningdek, norasmiy tashkilotlar tomonidan noqonuniy harakatlar va namoyishlar o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, 2023 yil 6 oyi davomida, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi bo‘yicha jami 231 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ulardan davlat foydasiga 25.397.500 so‘m miqdorda jarima davlat foydasiga undirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 6 oyi davomida, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi bo‘yicha jami 4 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilib, shundan 2 nafar honadon egasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va 1 nafar Turkiya hamda 1 nafar Qozog’iston davlati fuqarolariga nisbatan tuzilib, davlat foydasiga 6.600.000 so’m miqdorda jarimalar undirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020-yil  28-sentabr kungi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi 593-sonli qaror talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yilning 6 oyi davomida tuman hududiga CHEF va MDX davlatlaridan jami 139 nafar, shundan 22 nafar Qozog‘iston, 16 nafar Rossiya, 10 nafari Turkiya, 58 nafar Tojikiston, 1 nafar Xindiston, 5 nafar AQSH, 1 nafar Malayziya va 22 nafar Qirg‘iziston, 3 nafar Germaniya Respublikasi fuqarolari hamda 1 nafar FBSH vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan va ro‘yxatga qo‘yildi.

Xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga joylardagi konsullik organlari tomonidan hujjatlashtirilgan vatanga qaytish guvohnomalari bilan qaytib kelayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatib, ular bilan tezkor suhbatlar olib borish hamda hamkorlikda tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.

2023 yil 6 oyi davomida Paxtakor tuman IIB MvaFRGga vatanga qaytish guvohnomalari bilan jami 28 nafar fuqarolar va voyaga etmagan shaxslar murojaat qilgan. Shundan 20 nafari fuqarolik pasportini yo‘qotganligi munosabati bilan va fuqarolik pasportini yaroqsiz xolga keltirganligi hamda amal qilish muddatini o‘tkazganligi, 8 nafari voyaga etmagan shaxslar boshqa davlatda tug‘ilganligi sababli, joylardagi konsullik idoralariga murojaat etib, VATANGA QAYTISH GUVOXNOMASI (SERTIFIKAT) bilan kelgan, ushbu 20 nafar fuqarolar va voyaga etmagan shaxslarning ota-onalari bilan profilaktik suxbatlar olib borildi.

2023 yilning 6 oyi holatiga, tuman hududida yashayotgan 5 nafar fuqarolar familiyasi, ismi va ota ismining o’zgartirish yuzasidan murojaat qilib, ularning familiyasi, ismi va ota ismining o’zgarganligi bo’yicha viloyat IIBga ro’yhati berib borilmoqda.

2023 yilning 6 oyi davomida DEPORTATSIYA bo‘lib kelgan fuqarolar aniqlanmadi.

Tuman hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2023 yilning 6 oyi holatiga 53 nafar, xorijiy fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasi bilan rasmiylashtirilganlar 58 nafarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi yangi tahriridagi O‘RQ-610-sonli va O‘RQ-696-sonli Qonunning 6-moddasiga asosan, tumanimiz xududida doimiy ro‘yxatda turib istiqomat qilib kelayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish yuzasidan murojaat qilganlarning xujjatlari nazorat tartibda ko‘rib chiqishlik uchun joriy yilning 3 oyi davomida 3 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslarning fuqaroligini tan olish bo‘yicha yozgan arizalari viloyat IIB MvaFR Boshqarmasiga yuborildi. 2 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар