Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Korruptsiyaning oqibatlari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan tumani IIB tomonidan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar

Korruptsiyaning oqibatlari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan tumani IIB tomonidan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar

01 август 2023 йил
182
0

 Mamlakatda aholining xuquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat xayotining barcha sohalarida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Mamlakatda aholining xuquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat xayotining barcha sohalarida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston Respubikasining 2017 yil 3 yanvar kungi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonuni,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5729-sonli va 2020 yil 29 iyunь kungi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-6013-sonli Farmonlari, 2020 yil 29 iyunь kungi “Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentiligini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-4761-sonli Qarori.
Jumladan, 2023 yil 6 oyi mobaynida tuman ichki ishlar boʼlimi tomonidan aniqlangan korruptsiyaga oid jinoyatlar boʼyicha, viloyat axborot xizmati bilan hamkorlikda “Korruptsiya-taraqqiyotga gʼov”, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Vaziyat-24” nomli turkum koʼrsatuvlar tayyorlanib, mahalliy va markaziy telekanallar orqali efirga uzatilmoqda.Shuningdek, korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida gazeta va jurnallarda 3 ta chiqishlar qilindi, internet saytlariga 4 ta xabarlar joylashtirildi.Bundan tashqari, korruptsiyaning salbiy oqibatlari aks ettirilgan bannerlar markaziy koʼchalar va fuqarolar gavjum boʼladigan joylarga oʼrnatildi hamda bu borada tayyorlangan bukletlar mehnat jamoalarida, aholining keng qatlami orasida tarqatilmoqda. Shuningdek, tuman prokuraturasi va adliya boʼlimi bilan hamkorlikda, oʼrta-maxsus va oʼrta taʼlim muassasalarida doimiy ravishda oʼquv seminarlari tashkillashtirilib, “Men korruptsiyaga qarshiman”, “Men tanlagan kasb korruptsiyadan holi”, “Korruptsiya adolat kushandasi”, “Korruptsiyaga qarshi kurash, hammamizning burchimiz” hamda “Korruptsiya-mamlakat taraqqiyotiga toʼsiq” mavzularida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Lekin, bu yoʼnalishda olib borilayotgan targʼibot-tashviqot va profilaktik ogohlantirish ishlariga qaramasdan, korruptsiyaga oid jinoyatlar sodir etilish holatlari kamaymayapti.Xususan, 2023 yil 6 oyida barcha sohalarda 81 ta, jinoyatlar qayd etildi. Ushbu jinoyatlarning 33 tasi jinoyat qidiruv yoʼnalishidagi, 26 tasi iqtisodiyot sohasidagi, 22 tasi boshqa sohadagi jinoyatlarni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: iqtisodiy sohada 26 ta jinoyatlardan, 2 tasi poraxoʼrlik, 6 tasi talon-toroj qilish, 5 tasi firibgarlik, 1 tasi tovlamachilik, 1 tasi qalbaki pul, aktsiz marka va qimmatli qogʼozlarni yasash, 2 tasi mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʼliq jinoyatlar, mansab soxtakorligi 2 ta hamda boshqa turdagi jinoyatlar 10 tani tashkil etadi.
Shundan, ichki ishlar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor-tadbirlar davomida 19 ta korruptsiyaga oid va iqtisodiy asoslarga qaratilgan jinoyatlar aniqlandi.
- poraxoʼrlik 2 ta (2022 y. 6 oyida 2 ta),- talon-toroj qilish 6 ta (2022 y. 6 oyida 5 ta),- qalbaki hujjat yasash 3 ta (2022 y. 6 oyida 6 ta),- qalbaki pul, qimmatli qogʼoz yasash 1 ta(2022 y. 6 oyida 0 ta),- mansab vakol suisteʼmol qilish 2 ta (2022 y. 6 oyida 1 ta),- mansab sohtakorligi 2 ta (2022 y. 6 oyida 5 ta),- savdo qoidasini buzish 2 ta (2022 y. 6 oyida 3 ta) hamda1 ta (2022 y. 6 oyida 4 ta) soliq toʼlashdan bosh tortish jinoyatlari aniqlangan.
Bugungi kunda statistik maʼlumotlarga asoslangan holda korruptsiya eng avj olgan sohalar, ijtimoiy sohalar, yaʼni bank, moliya va kredit tizimi, qurilish va sogʼliqni saqlash hissasiga toʼgʼri kelmoqda.
Bugungi kunda tuman ichki ishlar boʼlimida adolat mezonlarining buzilishiga olib keluvchi salbiy illatlardan biri boʼlgan porahoʼrlikka qatʼiy chek qoʼyish maqsadida, oʼz manfaatlarini koʼzlab xodimlarga pora taklif qilayotgan shaxslarning jinoyatini fosh qilinishini taʼminlagan xodimlarni ragʼbatlantirish tizimi viloyat IIB tomonidan alohida nazoratga olingan.Natijada, 2023 yil 6 oyi davomida oʼz manfaatlarini koʼzlab xodimlarga pora berish bilan bogʼliq 2 ta holatlar aniqlandi. Misol uchun: Viloyat IIB YXHB safdor xodimi А.А.Ortiqovning bildirgisi asosida 04.03.2023 yil soat taxminan 18-00 larda “Oqbulov” MFY hududida joylashgan tuman IIB YXHB maʼmuriy binosi hududida oʼtkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati, Koʼkdala tumani, Qumdaryo MFYda yashovchi Maxmaraimov Juʼrat Shuxratovich safdor А.Ortiqov tomonidan avtomashinani boshqarib yoʼl harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik, unga tegishli davlat raqami 70R940UA boʼlgan “Kobalt» rusumli avtomashinasini jarima maydonchasiga joylashtirmaslik evaziga 1 mln. 500 ming soʼm miqdorida pora taklif qilib, ushbu pullardan 1 mln. 390 soʼmini YXHB maʼmuriy binosi yonida turgan 25 256 VSF xizmat avtomashinasi ichida safdor А.Ortiqovga bergan vaqtda ushlanib, 1 mln. 390 soʼm miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.Tashabbus bilan aniqlangan barcha pora berish jinoyatlari boʼyicha xodimlar pul mukofotlari bilan ragʼbatlantirilib, bunday holatlarni salbiy oqibatlari yuzasidan fuqarolarni ogohlikka chaqirish boʼyicha ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilinmoqda.
Shu bilan birga, tuman ichki ishlar boʼlimi xodimlari oʼrtasida taʼmagirlikka moyil boʼlgan xodimlarni aniqlash va tizimni bunday xodimlardan tozalash borasidagi profilaktik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muhtaram Yurtboshimiz ayganlaridek “Korruptsiya bilan Oʼzbekiston hech qachon oldinga qoʼyilgan maqsadlarga erisha olmaydi”. Shu nuqtai nazardan, tumanimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsion omillarga chek qoʼyish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish evaziga bu illatning tomiriga chek qoʼyish mumkinligini inobatga olib, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosini soʼzsiz bajarilishini taʼminlaymiz. 
Eʼtiboringiz uchun rahmat.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар