Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani soliq inspektsiyasi boshligʼi, 4-sektor rahbarining 6 oylik HISOBOTI

Paxtakor tumani soliq inspektsiyasi boshligʼi, 4-sektor rahbarining 6 oylik HISOBOTI

24 июль 2023 йил
139
0

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3182-sonli va 2019 yil 8 yanvardagi 4102-sonli qarorlari ijrosi taʼminlash yuzasidan 4-sektor ishchi guruhi bilan tizimli ishlar olib borayapmiz. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3182-sonli va 2019 yil 8 yanvardagi 4102-sonli qarorlari ijrosi taʼminlash yuzasidan 4-sektor ishchi guruhi bilan tizimli ishlar olib borayapmiz. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Paxtakor tuman Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan va sektor rahbari tomonidan tasdiqlangan sayyor qabul jadvaliga asosan 2023 yil yanvar-iyun oylarida 28 marota aholi bilan ommaviy sayyor qabullar oʼtkazilib, hududlarida oʼtkazilgan ommaviy sayyor qabullar davomida jami 1090 nafar fuqarolarning 171 ta masalalarga oid murojaatlari tinglangan.Shundan, 147 tasi ijobiy hal etilgan, 8 tasi huquqiy maslaxat va maʼlumot berish orqali hal qilingan, 5 tasiga tushuntirish berilgan, 4 tasiga rad etilgan, 6 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan qolgan 1 tasi oʼrganish jarayonida.Bizga biriktirilgan 4-sektorda 4 ta mahallalarda 3 ming 422 ta xonadon mavjud boʼlib, ularda 16 ming 831 nafar aholi va ularda 3 ming 306 ta oilani tashkil etadi.4-sektor rahbari sifatida xalqimizning ehtiyojmand qatlamini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakati doirasida tizimli ishlar olib borayapmiz. Jumladan;“Temir daftar” boʼyicha:4-sektorga biriktirilgan mahallalarda yashovchi oilalarning “Temir daftar”ga kiritilgan jami 335 ta extiyojmand oilalarni joriy yilning 01 aprel holatiga 348 ta extiyojmand oilalarning ishsiz aьzolarini bandligi taʼminlanib Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining sessiyasi qarorlari asosida “Temir daftar” roʼyxatidan chiqarilib, qolgan “Temir daftar”dagi 1 ta extiyojmand oilani bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbai yaratish bilan kambagʼallikdan toʼliq chiqarish uchun barcha choralar koʼrilmoqda.Xotin-qizlar yoʼnalishi boʼyicha:4-sektor hududlarida xotin-qizlar soni 8348 nafarni tashkil etadi. Toʼrtinchi bosqichda “Аyollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan biriktirilgan 4 ta mahallalarda xatlov oʼtkazilib jami 3306 ta (100,0%) xonadon oʼrganilib, jami 506 nafar ayollarning muammoli qatlami aniqlanib ularni “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.Mazkur xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda xal etish, ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash xamda “Аyollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha “Аyollar daftari”ga kiritilgan jami 506 nafar ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar toifasiga kiritilgan 101 nafar xotin-qizlardan 101 nafar (100,0%) ayollarni oʼzini-oʼzi band qilish orqali hamda doimiy ish bilan taьminlandi, tadjbirkorlik qilish istagida boʼlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga imtiyozli kredit ajratish toifasiga kiritilgan 13 nafar xotin-qizlardan 13 nafar (100,0%) ayollarga imtiyozli kreditlar ajratildi, boquvchisi boʼlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 213 nafar xotin-qizlardan 163 nafar (77,0%) ayollarga tegishli yordam koʼrsatildi, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʼlgan shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 98 nafar xotin-qizlardan 74 nafar (76,0%) ayollarga tegishli yordam va moddiy yordam mablagʼdari berildi, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 12 nafar xotin-qizlardan 12 nafar (100,0%) ayollarga ijara konpensatsiyasi toʼlab berildi, qarmogʼida nogironligi boʼlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 69 nafar xotin-qizlardan 52 nafar (75,0%) ayollarga tegishli yordamlar koʼrsatildi.Yoshlar yoʼnalishi boʼyicha:Paxtakor tumani 4-sektor boʼyicha jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʼyicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, yoshlarga tushuntirish, yoshlar orasidan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va bandligi taʼminlanmagan yoshlarni bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga oʼrgatish va qayta tayyorlash yoʼnalishi va boshqalar yuzasidan 14-30 yoshgacha boʼlgan yoshlarning muammoli qatlami aniqlanib joriy yilda 149 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” roʼyhatiga kiritilib, 115 nafar yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etilib “Yoshlar daftari” roʼyhatidan chiqarilgan va qolgan 34 nafar yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash yuzasidan barcha choralar koʼrilmoqda.Sektor rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan asosiy ishlar boʼyicha:Sektor tashabbusi bilan homiylar tomonidan “Doʼstlik” MFYda yashovchi fuqarolar Toshtemirova Аliya Shukrullaevna, Kolmakova Аnastatsiya, Аbdurahmonova Lolalarga jami 1.000.000 soʼmga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.Sektor tashabbusi bilan “Oltinkoʼl” MFY, Nodirabegim koʼchasi 1/8-uyda yashovchi fuqaro Sherboʼtaeva Lolaning voyaga yetmagan oʼgʼil farzandini sunnat qilib 1.200.000 soʼmlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.Sektor tashabbusi bilan “Doʼstlik” MFY Sanoat koʼchasida yashovchi fuqaro Jumaev Farhod Tursunmuhammedovichning yashash uy-joyi uchun 10 dona shifer, 3 dona eshik va deraza mahsulotlari olib berildi.Yoshlar orasidan bandligi taʼminlanmagan yoshlarni bandligini taʼminlash boʼyicha “Dustlik” MFY, X.Olimjon koʼchasi 9/4-uyda yashovchi Аbdiraimov Temur Аlisher oʼgʼliga alyum eshikrom ishlab chiqarish uchun 4.000.000 soʼmlik materiallar olib berildi.Sektor tashabbusi bilan “Doʼstlik” MFY Mustaqillik koʼchasida yashovchi fuqaro Аzimova Sirgʼaga 300.000 soʼm moddiy yordam puli berildi.Shuningdek Sektor tashabbusi bilan 2-chorak davomida extiyojmand va oilasida nogironligi bor oilalarga 2,2 mln.soʼmlik 18 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.Oq buloq MFYda jami uchunligi 1200 metr, Oltinkoʼl MFYda jami uchunligi 600 metr yoʼllarga shagʼal yotqizildi hamda Gʼalaba MFYda jami uchunligi 300 metr yoʼlga asfalt yotqizildi.Sektor tomonidan 2-chorak davomida 54 ta yangidan tadbirkorlik subʼetlari tashkil etilib 125 ta yangi ish oʼrin yaratildi. 


Paxtakor tuman soliq inspektsiyasiboshligʼi, 4-sektor rahbari U.Safarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар