Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Paxtakorda jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

10 август 2023 йил
177
0

  Har qanday jinoyatni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida shu kabi jinoyatlarni qayta sodir etilishini oldini olishda keng jamoatchilikning ishtiroki va masʼuliyatini oshirishdir.

Joriy yilning 8 avgust kuni Olmaliq shahar Oydin mahallasida sodir etilgan inson o‘limi bilan yakunlangan mudxish jinoyatlar Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich, Paxtakor tumani IIB boshlig’i potpolkovnik Akaboyev Yoqibjon Ne’matovich, Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o’rinbosari potpolkovnik Boriyev Rahmatulla Habibullayevich, viloyat IIB XBPB boshlig’i potpolkovnik Mirza Ro’ziqulovlar tomonidan Paxtakor tumanining “Moliya” bo’limi faollar zalida jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 9 fevral kunidagi videselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga ko‘ra xaftaning har payshanba kuni o‘tkazilib kelinayotgan “Profilaktika kuni” tadbirlari manzilli olib borilmayotganligi, mahallada Prezident tashabbuslari bilan beshtalik guruhlar tashkil etilganligi, sodir etilgan jinoyatlar profilaktika isnpektorlarining vazifasi qabilida ishlayotganligini, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, ilgari sudlanganlar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar o‘z natijasini  bermayotganligi, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l quymaslik maqsadida, avvalambor jinoyat sodir etishga moyillar, ilgari sudlanganlar, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, oilasi notinch bo‘lgan oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish, ishsizlarni imkoni boricha ish bilan ta’minlash, biron bir shaxs tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilayotganligi sezilganida ularga tanbeh va maslahatlar berish, har bir sodir etilayotgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan xolatlar bo‘yicha zudlik bilan huquqni muhofaza  qiluvchi  idoralarni xabardor qilishi mahallalardagi har bir fuqaroning burchi ekanligini ularning singdirib borish va amaliyotda qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘ngida, tuman hududidagi barcha mahallalarda bu kabi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab olinib, ijroga qaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар