Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Payshanba kuni tumanda «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» o‘tkazildi

Payshanba kuni tumanda «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» o‘tkazildi

13 апрель 2023 йил
162
0

 Tuman  hokimi A.Ashurov ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab olish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarlikni ilk bosqichda aniqlab, oqibatlarini bartaraf etish, profilaktik tadbirlar ta’sirchanligini kuchaytirish, ichki ishlar organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bunda jamoatchilik rolini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 9 fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va vazifalar ijrosining tumanda so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida qaror qabul qildi.

Mazkur qarorga muvofiq, tumanda har haftaning payshanba kunini «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilindi.

«Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tarkibi, guruh a’zolarining vazifalari, «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni»ni joylarda o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig'i, tuman prokurori, mahalladagi beshlik, tuman tashkilotlari bilan birgalikda hamda ishchi guruh va joylardagi tadbirlarni o‘tkazishga mas’ul vakillarning aniq vazifalari belgilab berildi.

Huquq-tartibot organlari, tuman tashkilot va muassasalarga har haftaning payshanba kuni faqat  jinoyatning oldini olish hamda profilaktika qilish bilan shug‘ullanish, hokim, prokuror va ichki ishlar boshliqlari va tizimlariga  o‘zaro hamkorlikda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish lozimligi uqtirildi va boshqa aniq vazifalar belgilab berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар