Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Probatsiya ro’yxatida turuvchilarga seminar va ishga marxamat yarmarkasi o’tkazildi

Probatsiya ro’yxatida turuvchilarga seminar va ishga marxamat yarmarkasi o’tkazildi

06 декабрь 2022 йил
203
0

 Paxtakor tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan tuman Ichki ishlar bo’limining boshlig’i, Probatsiya guruhi hodimlari hamda 2020-yil 14-fevral kuni Vazirlar maxkamasining 84-sonli Ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida qarorga asosan hamkor tashkilotlar “Bandlikka ko’maklashish bo’limi”, “Sog’liqni saqlash bo’limi”, tuman xotin-qizlar bo’limi, “Xalq ta’limi bo’limi”, “Yoshlar ishlari agentligi”, “Mahalla xayriya jamoat fondi” ishtirokida seminar va ishga marxamat yarmarkasi o’tkazildi.

O’tkazilgan seminar davomida jinoyat sodir etishga moyil bo’lgan axloqan tuzalmagan shuningdek axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan mehnatga halol munosabatda bo’lgan mahkumlar bilan suxbatlar o’tkazildi. Muammosi bor mahkumlar bilan profilaktik suxbat o’tkazilib, kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat yoki mamuriy huquqbuzarlik sodir qilinishining oldini olish chora tadbirlari ko’rildi.

Paxtakor tumani IIB JXX Probatsiya guruxi va “Banlikka ko’maklashish” markazi bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Ishga marxamat” yarmarkasida tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot, fabrika, muassasalardagi bosh ish o’rinlariga vaqtincha ishsiz yurgan mahkumlarning bandligi taminlandi. Oilaviy sharoiti og’ir bo’lgan mahkumlarning turmush tarzi o’rganilib “Mahalla xayriya jamoat fondi” tomonidan bir martalik moddiy yordam ko’rsatildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар