Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari

Firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari

25 август 2023 йил
172
0

 Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish mustaqil respublikamizning asosiy yoʼnalishiga aylandi. Bunda asosiy eʼtibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obroʼsini oshirish, sudlarning tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash, ularni jazolovchi organdan qonun ustuvorligini taʼminlovchi, oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirishga, hokimiyatning alohida uchinchi tarmogʼi sifatida butun odil sudlov tizimini qayta koʼrib chiqish va demokratlashtirishga qaratilib, sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʼyicha alohida sudlar tashkil etildi.Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish mustaqil respublikamizning asosiy yoʼnalishiga aylandi. Bunda asosiy eʼtibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obroʼsini oshirish, sudlarning tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash, ularni jazolovchi organdan qonun ustuvorligini taʼminlovchi, oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirishga, hokimiyatning alohida uchinchi tarmogʼi sifatida butun odil sudlov tizimini qayta koʼrib chiqish va demokratlashtirishga qaratilib, sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʼyicha alohida sudlar tashkil etildi.Sud-huquq tizimini isloh qilish mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi 5 ta ustuvor yoʼnalishining muhim tarmogʼi hisoblanib, bunda asosiy eʼtibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obroʼsini oshirish, sudlarning tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash, ularni jazolovchi organdan qonun ustuvorligini taʼminlovchi, oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirishga, hokimiyatning alohida uchinchi tarmogʼi sifatida butun odil sudlov tizimini isloh qilish va demokratlashtirishga qaratilgandir.Аholining huquqiy madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini jamoatchilikka tushuntirish boʼyicha keng targʼibot-tashviqot ishlarini tashkil etish maqsadida “Mening mahallam - mening sudьyam” gʼoyasi asosida barcha sudьyalarni oʼzlari faoliyat koʼrsatayotgan tuman (shahar) hududidagi mahallalarga doimiy biriktirish, ularda mavjud huquqiy muammolarni oʼrganish va tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar, ochiq muloqotlar oʼtkazish shular jumlasidandir.Bizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Firibgarlikka oid jinoyat ishlari boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi 2017 yil 11oktyabrdagi 35-sonli qarori 4-bandiga koʼra: “Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan yolgʼon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʼyicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim boʼlgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushunilishi” belgilangan.Firibgarlik jinoyati oʼzganing mulkini yoki mulkka boʼlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan haq toʼlamay egallashda ifodalanib, buning taʼsirida mulk egasi yoki boshqa shaxs yoxud vakolatli hokimiyat organi mulkni yoki unga boʼlgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga boʼlgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qoʼyilishiga imkoniyat beradi.Аgar shaxs oʼzganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan boʼlsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda oʼzganing mulkini oʼzlashtirish yoki rastrata qilish yoʼli bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning oʼziga xoʼjalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini toʼlamay oʼzining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim.Firibgarlik jinoyati Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan yolgʼon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʼyicha mulk egasi yoki boshqa shaxsga maʼlum qilinishi lozim boʼlgan haqiqiy faktlarni yashirish yohud mulk egasi yoki boshqa shaxsni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdor tomonidan mulk egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish toʼgʼrisida qaror qabul qilishga vakolatli boʼlgan boshqa shaxslar bilan boʼlgan ishonchli munosabatlardan gʼarazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqei yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urugʼlik munosabatlari sabab boʼlishi mumkin.Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar (masalan, qonunga muvofiq tuzilgan qarz, kredit, arenda, prokat, pudrat, omonat saqlash va h.k.)ni bajarmaganlik uchun javobgarlik, basharti shaxsninig harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʼlmasa, fuqarolik qonunchiligi normalari boʼyicha kelib chiqadi. Oʼzganing pul mablagʼlarini oʼgʼirlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, agar naqd pul mablagʼlari bankomat vositasida amalga oshirilgan boʼlsa, oʼzganing mulkini oʼgʼirlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Biroq oʼzganing bankdagi hisobida turgan pul mablagʼlarini oʼgʼirlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, faqat shaxs kredit, savdo yoki servis tashkilotining vakolatli xodimini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan yanglishtirgan holdagina (masalan, savdo yoki servis markazida tovarlarga yoki xizmatlarga haq toʼlash uchun bank kartasidan foydalangan holda shaxs xarid chiptasiga kartaning qonuniy egasi oʼrniga imzo qoʼyadi yoki uning nomiga qalbakilashtirilgan pasport taqdim etadi) firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ijtimoiy toʼlov, nafaqa, boshqa pul toʼlovlari (masalan, kompensatsiyalar, sugʼurta toʼlovlari)ni yoki boshqa mulkni sodir boʼlishi qonunga koʼra toʼlovlar yoki mulkni olish uchun asos boʼladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yoʼqligi, sugʼurta hodisasi roʼy berganligi) toʼgʼrisida tegishli qarorlar qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, mahalliy oʼzini-oʼzi boshqaruv organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, bila turib, yolgʼon maʼlumotlar taqdim etish yoʼli bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 11 oktyabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi Qaroriga muvofiq, firibgarlik oʼzganing mulkini yoki mulkka boʼlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan qonunga xilof ravishdava tekin qoʼlga kiritishda ifodalanib, buning taʼsirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga boʼlgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga boʼlgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qoʼyilishiga imkoniyat beradi.Shuningdek, firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan yolgʼon maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati boʼyicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim boʼlgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi. 


Jinoyat ishlari boʼyicha Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар