Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi

Tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi

11 сентябрь 2023 йил
208
0

 Keyingi paytlarda jonajon yurtimizda milliy sportimiz kurash ommaviyligini oshirish, istedodli yoshlarni kashf etish yo‘lida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimiz markazida joylashgan “Mo‘jiza” istirohat bog‘ida sportning Kurash turidan yosh o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Paxtakor tumani Prokurori sovruni uchun “Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada tumanimiz mahallalaridan Paxtakor, Bag‘ishamol, Olmazor, Chamanzor, Toshkent, Oltinko‘l, Oqbuloq, Do‘stlik, Suvonobod mahallalardan jami 126 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Tumanimiz aholisi uchun o‘tkazilgan kurash musobaqasi sport ixlosmandlari uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Asrlar osha yetib kelayotgan milliy sport turiga bo‘lgan qiziqishni kurash maydonini davra qilib o‘rab o‘tirgan yoshu-keksa ishqibozlarning ko‘pligidan ham bilib olish mumkin. Chunki tuman prokurorining sovrinini qo‘lga kiritish uchun, eng mohir belbog‘li kurash ustalari tumanimiz markaziga to‘planishdi. Tashkil etilgan maskur bellashuv barcha muxlislarni hayajon ostida ushlab turdi. Anchadan beri bunday katta musobaqaga guvoh bo‘lmagan ishqibozlar har bir bahsni maroq bilan tomosha qilishdi. Ayniqsa, “Paxtakor” MFY polvonning shijoati ularning zavqiga zavq qo‘shdi. Ikki yuz nafarga yaqin kurashchi ishtirok etgan bahslar yakunida o'z jamoa xisobida 1-o‘rinni Paxtakor mfy. 2-o‘rinni Bag‘ishamol mfy. 3-o‘rinni Olmazor mfy  egallashdi.

Erkaklar o‘rtasida 66.73.81.90.+90kg    66kg Botirov Ramozon   paxtakor mfy.   73kg  Tolipov Zuxruddin Bag‘ishamol mfy. 81kg Botirboyev Samandar Paxtakor mfy. 90kg Jumayev Islom Dilorom mfy. +90kg Davronov Sardor Oqbuloq mfylarga teng keladigani topilmadi.

Ayollar o‘rtasida 48.57.70.87kg 48kg Isroilova Sevinch Paxtakor mfy. 57kg Mamatova Rayxona Olmazor mfy. 70kg Raxmonova Nulifar Oqbuloq mfy. 87kg Abbosova Sabina Chamanzor mfy g'oliblik uchun gilamga chiqdi.

Tuman prokurori yordamchilar Bobur Muratov, Maxkamov Usmon, tuman hokimi o‘rinbosari Fazliddin Qo‘ldashev va Bolalar va o‘smirlar sport maktabining mutassaddilari g‘olib va sovrindorlarni medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар