Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda

12 сентябрь 2023 йил
165
0

 Paxtakor tumanidagi «Olmazor» mahallasi 2-sektor hududida joylashgan. Hudud maydono 148 gektar, ko'chalar soni 46 ta, ko’p qavatli uylar 8 ta, aholi soni 5359 nafar shundan erkaklar – 2698, ayollar – 2661 nafar. Xonadonlar soni 1219 ta, oilalar soni 1334 tani tashkil etadi.

Mahalladagi eng muhim masalalardan biri bu aholining elektr energiyasi bilan uzilishlarsiz va doimiy ta’minlashdir. Shu sababdan ham xatlov va o‘rganishlar davomida aniqlangan mahalla ko‘chalaridagi 36 ta eski simyog‘ochlar o‘rniga 10 ta yangi beton stolbalar keltirib, tushirildi. Qolaversa, 110/35/10 kV “Olmazor” podstantsiyasi va 3 kilometrlik 110 kV havo tarmog‘i hamda 25 000 kVAlik 1 ta transformator punkti qurilishi boshlandi. Loyiha tumanda infratuzilma rivojlanishiga, 1219 xonadon, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish korxonalarining elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.

Loyihaga start berish tadbirida tuman hokimi Asilbek Ashurov Respublikadan tashrif buyurgan Аdministratsiya ishchi guruhi vakili Nilufar Аbdullaeva hamda viloyat prokurori o’rinbosari Aziz Esirgapov, tuman prokurori Ikrom Begashev va mutasaddi mutaxassislar ishtirokida Olmazor mahallasi asosiy kirish qismida barpo etilayotgan BULVAR loyihasi bilan tanishib, loyihani belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish topshirig‘ini berishdilar. Qurilish-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Paxtakor tumanidagi «Olmazor» mahallasida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlarning 1-kunidan ishlar qizg‘in boshlandi. Yosh-u keksa bir bo‘lib, mahalla va ko‘chalarni obod qilish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishga kirishib ketdilar. Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xizmatchilari tomonidan asosiy ko’chada ishlar boshlangan bo’lsa, mahalla yonidan o’tuvchi zavurlarni tozalashga maxsus texnikalar jalb qilindi. Mahallani asosiy tabiy gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida gaz quvurlari keltirildi.

Аdministratsiya ishchi guruhi vakili Nilufar Аbdullaeva boshchiligida hududdagi 8-maktab bugungi kundagi holati o’rganildi. O’rganish jarayonida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mudiri va maktab direktoriga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Prezidentning Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bayram Uzoqov rahbarligida mahallani obod etish borasida tuzilgan shtabning yig‘ilishi o‘tkazilib, kechga qadan bajarilgan ishlar tahlil qilindi va bugungi ko‘zlangan marralar borasida ko‘rsatmalar berildi. Shu kuni ko‘chalarni tozalash ishlari ham bajarildi.

Bundan mahalla ahli juda mamnun. —Mahallamiz obod bo‘la boshladi, — deydi Aliboyev Iskandar bobo. — Ko‘rib ko‘zimiz quvonayapti. Nasib bo‘lsa, kelajakda mahallamiz sayyohlar kelib dam oladigan ajoyib maskanga aylanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Olmazor” mahallasida katta obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqdaki, qisqa muddat ichida ushbu mahalla obod va nurli maskanga aylanadi. Barcha soha va tizimda berilgan topshiriq va vazifalar bajarilib, mahalla ahlining farovon hayot kechirishi, turmushi yaxshilanishiga erishiladi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар