Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi

Olmazor mahallasi OBOD MANZILGA aylanadi

12 сентябрь 2023 йил
182
0

 Mahallalarda yashashimizni hisobga olsak, ushbu maskan eng obod manzilga aylanmog‘i, aholini farovon yashashi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmog‘i lozim. Bugungi kunda hududlarda ayni shu jihatlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Paxtakor tumanidagi “Olmazor” mahallasi esa og‘ir toifaga kiruvchi hudud sifatida tanlab olinib, mahalla infratuzilmani yaxshilash, aholi farovonligini oshirish maqsadida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni namunali tashkil etish maqsadida shtab yig‘ilishi tashkil etildi. Unda Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Hudoyberdiyev tomonidan tumandagi korxona, tashkilotlar rahbarlariga va mahallada obodonchilik ishlari bo‘yicha mas’ullarga namunaviy “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha aniq va ravshan topshiriqlar berildi va ularni hal etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Qolaversa, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Dastur asosida ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirib, qishloq aholisi uchun qulayliklar yaratish topshirildi.

Shundan so‘ng, amaliy sa’y-harakatlar start olib, mahalla ahli va mas’ullar hamkorligida yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan ishlar birma-bir amalga oshirila boshlandi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар