Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda viloyat prokurori va tuman hokimligi hamkorligida “Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Paxtakorda viloyat prokurori va tuman hokimligi hamkorligida “Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

14 сентябрь 2023 йил
116
0

 Olmazor mahalla fuqarolar yigʼinining 8-umumtaʼlim maktabi binosida “Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi” oʼtkazildi. “Boʼsh ish oʼrinlar mehnat yarmarkasi”ga tuman hududida joylashgan jami 12 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etib, oʼzlarining 67 ta mavjud boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdi. “Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi”da jami 78 nafar ishsiz fuqarolar, bitiruvchilar, muddatli harbiy xizmatni oʼtab qaytgan fuqarolar va mehnat migrantlari qatnashib, 21 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yoʼllanmalar berildi, haq toʼlanadigan jamoat ishlariga 25 nafar ishsiz fuqarolar jalb etildi. 10 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga qayta oʼqishga jalb etildi. Bundan tashqari 22 nafar ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishga, oʼzini oʼzi band qilishga, tadbirkorlikni norasmiy sektordan rasmiy sektorga oʼtkazish boʼyicha xuquqiy maslaxat va tushunchalar berildi.
Ushbu oʼtkazilgan “Boʼsh ish oʼrinlari mehnat yarmarkasi”ga tashrif buyurgan fuqarolar oʼz minnatdorchiligini bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар