Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tibbiy ko’rik - Xasta ko‘ngillarga ishonch bag‘ishladi

Tibbiy ko’rik - Xasta ko‘ngillarga ishonch bag‘ishladi

18 сентябрь 2023 йил
125
0

 Patronaj hamshiralari va tumandagi mutaxassislar xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish, xonadonlarda tozalik, sanitariya qoidalariga rioya etish borasida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

— Salomatlik eng avvalo insonning kayfiyatiga bog‘liq, — deydi “H.Olimjon” ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi Bubakov Jozil bobo. — Tibbiyot xodimlarining uyimizga kelib xabar olishi ko‘nglimizni ko‘tardi. Xasta ko‘ngillarga esa ishonch bag‘ishladi.

“Yo‘l xaritasi”dagi kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri — aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari edi. Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari soat kunduzi 9:00 danoq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni boshlab yuborishdi. Quvonarlisi, mahalladagi KTMP binosi va hovlisida soya-salqin joyda viloyat markazidan kelgan vrachlar tomonidan mahalla ahlini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom ettirildi. Tibbiyot xodimlari bilan birga viloyat markazidan keltirilgan mammograf, rentgen, UZI, ko’z tekshiruvi kabi ko‘chma laboratoriyalar aholini tekshiruvdan o‘tkazdi.

—Men 70 yoshdaman — deydi tibbiy ko‘rikka kelgan nuroniy Jo’raeya O’rozhol ono — Mahallada bo‘layotgan xayrli ishlar uchun Prezidentimizdan, davlatimizdan minnatdormiz. Alloh ularning sog‘ligini bersin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Ayollar va bolalarga tibbiy koʻrik tashkil etildi
26 июнь 2023, Понедельник
Ayollar va bolalarga tibbiy koʻrik tashkil etildi
Paxtakorda "Salomatlik sayli" o'tkazildi
15 апрель 2023, Суббота
Paxtakorda "Salomatlik sayli" o'tkazildi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар