Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » O‘qituvchi va murabbiylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘qituvchi va murabbiylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

01 август 2023 йил
138
0

 

 Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Xususan, aksiya doirasida Paxtakor tumanidagi o‘qituvchi va murabbiylar uchun profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikka Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va tuman tibbiyot birlashmasining lor, nevropatolog, xirurg, ginekolog, terapevt, kardiolog, endokrinolog, revmatolog, dermatovenerolog infeksionist, urolog, oftolmolog, narkolog, gastroentolog, EKG, UTT, laborant, kabi yo‘nalishlardagi malakali tor soha mutaxassislari jalb etildi.

Tibbiy ko‘rikda 570 nafarga yaqin o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etib, ulardan 86 nafarida birlamchi va surunkali kasalliklar aniqlandi. Aniqlangan kasalliklar yuzasidan 81 nafar pedagoglarga ambulator, 4 nafariga tuman miqyosida statsionar sharoitlarida davo muolajalarini olishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari 56 nafar bemorga ko‘rsatma asosida “Sog‘lom avlod” tashkiloti tomonidan hamda ambulator poliklinika standartida mavjud bo‘lgan 35 turdagi dori-darmonlardan berildi.

Tibbiy ko‘rik davomida ortiqcha vazn va semizlik aniqlangan bemorlarga to‘g‘ri ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, kun tartibiga rioya qilish va davriy ravishda tibbiy ko‘riklardan o‘tish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi. Xozirda ushbu tibbiy korik davom etmoqda.

  

 

 

 

 

 

 

 

Paxtakor TTB boshligi:                                S.Sh Baysinov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар