Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Orzular roʼyobi YANGI KOPRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Orzular roʼyobi YANGI KOPRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

06 октябрь 2023 йил
217
0

 Tumandagi “Buyuk ipak yoʼli” mahallasi 1967 yilda tashkil topgan. Mahalla hududi tumandagi boshqa mahallalardan ancha kattaligi va aholisining koʼpligi bilan oʼziga xosdir. Аynan mana shu mahallani qoʼshni “Mingchinor” hamda “Nurli Pangat” mahalasi bilan bogʼlab turuvchi koʼprik 2009 yilda kelgan sel oqibatida vayron boʼlgan edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi 146-sonli qaroriga asosan koʼpirik qurilishi uchun Respublika byudjeti hisobidan 4 mrd. 168 mln. soʼm pul mablagʼi ajratildi va 2023 yilning iyunь oyida tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasining yordamchi pudratchisi “Komolliddin fayz baraka” MChJ tomonidan eni 10 metr, uzunligi 32 metr boʼlgan koʼprikni qurish ishlari boshlab yuborildi. Barcha jarayonlar yakunlanib, koʼprik joriy yilning 4 oktyabrь sanasida aholi uchun foydalanishga topshirildi.
Ushbu inshootning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Аsilbek Аshurov, mavjud sektorlarning rahbarlari, qurilishda bosh-qosh boʼlgan faollar, mahalla ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar mazkur koʼprik aholining uzogʼini yaqin qilishi bilan bir qatorda oʼzaro bordi-keldi munosabatlarning mustahkamlanishida muhim rol oʼynashini taʼkidlar ekan, yaxshi kunlarga, toʼylarga xizmat qilishini tilashdi.
Darhaqiqat, mustahkam va zamonaviy uslubda qurilgan ushbu yangi koʼprik mahalladagi 1560 ga yaqin xonadonlarda istiqomat qiluvchi sakkiz yarim mingdan ortiq aholiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Sh.MАMIROV.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“Suvoqova” korxonasida Brifing bo'lib o'tdi
15 сентябрь 2023, Пятница
“Suvoqova” korxonasida Brifing bo'lib o'tdi
MENING MАHАLLАM, MENING TАQDIRIM
30 август 2023, Среда
MENING MАHАLLАM, MENING TАQDIRIM
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
15 август 2023, Вторник
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар