Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

MENING MАHАLLАM, MENING TАQDIRIM

30 август 2023 йил
134
0

 Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yaxshilash toʼgʼrisidagi hukumat qaror va dasturlarini hayotga tatbiq etish maqsadida hududda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

            Jumladan, Buyuk Ipak yoʼli mahallasini tuman markazi bilan bogʼlovchi koʼprik taʼmirlandi. Dilorom, Olmazor, Suvonobod, Toshkent va Gʼalaba mahallalari hududidagi 6439 metr koʼchaga asfal’t yotqizildi. Buyuk Ipak yoʼli, Paxtakor, Oltinkoʼl, Chamanzor mahallalarining 10800 metr ichki yoʼllariga hashar yoʼli bilan shagʼal toʼshaldi. Suvonobod, Doʼstlik, Oqbuloq va Gʼalaba mahallalarining 12200 metr yoʼllari taʼmirlandi. 2,2 km. ichimlik suv tarmogʼi tortildi. “Buyuk Ipak yoʼli” MFY hududiga respublika byudjetidan ajratilgan mablagʼ hisobiga 18,8 km. ichimlik suv tarmogʼi tortish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

            Samarqand, Oltinkoʼl, Suvonobod mahallalari hududidan oʼtgan gaz tarmoqlari montaj qilindi. 136 ta GRP profilaktik taʼmirlanib, 41 tasida demontaj ishlari bajarildi. Olis hududdagi mahallalarga oʼtgan olti oy davomida 601,6 tonna suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар