Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda

Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda

15 август 2023 йил
250
0

 Paxtakor tumani 2-sektor hududida PQ-146 sonli qaror boʼyicha asfalьt, koʼprik, ichimlik suv quvurlari oʼrnatish ishlari bajarilmoqda

Yoʼllar xalqimizni obod manzillar sari eltuvchi, aholining ogʼirini yengil qiluvchi jamoatchilikning eng serqatnov makonidir.

Bugun viloyatning barcha shahar va tumanlari qatorida Paxtakor tumanida ham koʼchalar taʼmiriga alohida eʼtibor qaratilayotgani ularda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratilayotgani, yoʼlovchi va haydovchilar uchun gʼamxoʼrlikdir. Bu borada 2-sektor hududi “Olmazor”, “Suvanobod”, “Paxtakor” mahallalari aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan asosiy masala – yoʼl muammosi edi. Odamlar oʼqishga, ishga yoki boshqa yumush bilan qishda loy, yozda chang yoʼllardan qatnashga majbur boʼlardi.

Paxtakor tumanida yuzaga kelgan haqiqiy holat va uning rivojlanish darajasidan kelib chiqib, aholi ehtiyojlariga muvofiq yoʼl tarmogʼi holatini sifat jihatidan oʼzgartirishga qaratilgan.

Mazkur ishlar faqatgina bir maqsadga — aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Ushbu jarayon Paxtakor tuman hokimligi, tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi “TOʼLQIN NUR” MChJning 15 nafarga yaqin xodimlari hamda 10 ga yaqin maxsus texnikalar yordamida asfalьt yotqizish ishlari bajarilmoqda.

Yangi asfalьtlangan yoʼllardan foydalanayotgan aholi bu ishlardan xursand boʼlib, silliq yuzada avtomobilni haydash va piyoda yurish ancha xavfsizroq hamda qulayroq boʼlganini eʼtirof etishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2-maydagi №PQ-146 sonli "2023-2025 yillarda Jizzax viloyati kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 23.05.2023 yildagi bayoni boʼyicha Paxtakor tumani Olmazor MFY hududidagi Markaziy koʼcha (1,560 km), Suvonobod MFY hududidagi А.Temur va Yangiyoʼl koʼchalari (1,690 km), Paxtakor MFY hududidagi Chamonzor-1-2-3 koʼchalari (0,265 km) jami 4,645 km ichki xoʼjalik yoʼllari asfalьtlashtirish ishlarini va Olmazor mahallasini yangi massiv aholisi bilan avtomobil qatnovini taʼminlash borasida Paxtakor tuman saxovatpesha insonlari homiyligi asosida qurib foydalanishga topshirildi

         Bugungi kunda ushbu obʼektlarni belgilangan muddatlarda topshirish maqsadida Paxtakor tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi, tuman Suv oqova korxonasi xodimlari tomonidan Olmazor mahallasi hududidagi 3-massivda (0,125 km) qismi yoʼl yoqasiga suv qochirish novlari (Lotok-Lk6.6) va diametri 315 mm boʼlgan polietilen truba oʼrnatish ishlari tugatilib, asfalьt yotqizish ishlari olib borildi. Suvonobod MFY hududidagi Yangiyoʼl koʼchasining (1,020 km) va Olmazor MFY hududidagi Markaziy koʼchaning (1,560 km) qismilariga jami 3,975 km joyga mayda donali asfalьtobeton qorishmasidan qoplama yotqizish ishlari yakunlandi.

         Paxtakor tumaniga kirib borishda qad koʼtargan Paxtakor sport maktabi 1964 yillar bunyod boʼlgan. Bugungi kunda taʼmir talab holatga kelganligi sabab davlat dasturi asosida mukammal taʼmirdan chiqarish, ehtiyojga koʼra qoʼshimcha sport zallari qurish ishlari boshlab yuborilgan. Taʼmirlash ishlari yakuniga yetgach bu yerda 6 sport turi faoliyat boshlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар