Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari

“Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari

09 октябрь 2023 йил
127
0

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosi yuzasidan mablag’ ajratish to’g’risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-5072-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi QQ-213-IV-sonli qarori va 2022-yil 20-sentyabrdagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag`larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo`naltirish tartibi to`g`risidagi namunaviy nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi QQ-406-IV-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 noyabrdagi “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-425-sonli qarorlarining ijrosini ta`minlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-5072-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi QQ-213-IV-sonli qarori va 2022-yil 20-sentyabrdagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag`larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo`naltirish tartibi to`g`risidagi namunaviy nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi QQ-406-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

 

  1. Paxtakor tumani bo`yicha 2023-yil 2-mavsum ovoz berish jarayonlari natijasiga ko’ra g’olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha manzilli ro‘yxat 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

  1. 3. Tuman hokimining birinchi o`rinbosari Shodmonovga, tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (A.Meliboyev)ga “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi” mablag‘lari hisobidan jamoatchilik fikri asosida ovoz berish orqali g‘olib bo‘lgan quyidagi 2 ta takliflar uchun 2640.0 mln so‘m mablag‘ ajratish vazifasi topshirilsin:

G`olib deb topilgan loyihalar:

1-o‘rin “Paxtakor” MFY xududidagi Yangiobod ko‘chasi, Fayzobod ko‘chasi, Binokor ko‘chasi, Jizzax ko‘chasi, Navoiy ko‘chasi, O‘zbekiston ko‘chasi jami 2500 metr ko‘chalarni asphalt qilish taklifi jami 2193 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan, (ID-031293983004) xarajatlari uchun 1 320 000 000 (bir milliard uch yigirma million) so‘m tuman “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasiga;

 

2-o‘rin “Paxtakor” MFY xududidagi Navoiy ko‘chasi, O‘zbekiston ko‘chasi, A.Ikromov ko‘chasi, F.Xo‘jayev ko‘chasi, Gulbahor ko‘chasi, N.Qarshiyev ko‘chasi jami 6000 metr ariq yotqizish taklifi jami 2187 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan, (ID- 031293891004) xarajatlari uchun 1 320 000 000 (bir milliard uch yigirma million) so‘m tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga;

 

 

  1. 4. Paxtakor tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (A.Meliboyevga):

G‘olib deb topilgan har bir loyiha uchun “401722….” Mablag‘lar manbasi bilan hisob raqamlar ochilishini ta’minlasin.

 

  1. 5. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (N.Qo‘nishevaga), tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan buyurtmachi tashkilotlarining tegishli g‘aznachilik hisob varaqalariga ilovaga asosan ajratilgan mablag‘lar o‘tkazilishi taʼminlansin.

 

  1. Paxtakor tuman G‘aznachilik bo‘linmasi (Sh.Sagatovga), ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin.

 

  1. 7. Tuman hokimining o’rinbosari (O.Amanovga):

Ajratilgan mablag‘larni budjet tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi, maqsadli sarflanishi, tovarlar (xizmat) harid qilish, qurilish  ta’mirlash ishlarining sifatli amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib borish;

Barcha jarayonlarning yakunlanishini qat’iy nazoratga olishni hamda bu bo’yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo’yilsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashiga hisobot berish vazifasi yuklatilsin;

 

  1. 8. “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi (Sh.Anorboyev), Paxtakor tuman Obodonlashtirish bo‘limi (R.Zavqiyevga):

2023-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan loyihalar yakunlanganidan so‘ng, iqtisod qilingan mablag‘lar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga qayta tiklanishini ta’minlasin.

 

  1. 9. Paxtakor tumani "Paxtakor hayoti" gazetasi tahririyati (N.To’xtasheva) tuman hokimligi Axborot xizmati (R.Qurbonov) va tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (A.Meliboyev)lar bilan birgalikda 2-bosqich, ya’ni “Ovoz berish” jarayoni yakunida aniqlangan “G’olib” takliflar, shuningdek, undagi shakllangan tadbirlarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borish vazifalari yuklatilsin.

 

  1. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni
    amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy
    komissiya”si raisi Qodirov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Shodmonovlar zimmasiga yuklatilsin.

 

Пахтакор туманида 2023 йил сентябрь ойида жамоатчилик фикри асосида ғолиб деб топилган лойиҳаларни молиялаштириш бўйича МАНЗИЛЛИ РЎЙХАТ

Ғолиб таклиф маълумотлари

Тадбирларни амалга ошириш учун талаб этиладиган дастлабки маблағ
(минг сўм)

Лойиҳани амалга ошириш учун талаб этиладиган қўшимча хужжатлар

Ҳарид қилиш тартиб-таомили тури

Буюртмачи ташкилот

Таклиф ID рақами

Қисқача мазмуни

Амалга ошириладиган тадбирларнинг манзили

Тўплаган овозлари сони

"Фуқаролар ташаббуси жамғармаси"да шаклланган маблағ

3 221 525

х

х

х

Овоз бериш натижасига кўра ғолиб деб топилган лойиҳалар

1

031293983004

Янгобод кўчаси, Файзобод кўчаси, Бинокор кўчаси, Жиззах кўчаси, Навоий кўчаси, Ўзбекистон кўчаси жами 2500 метр кўчаларни асфалт қилиш.

Пахтакор МФЙ

2 193

1 320 000

Лойиҳа-смета хужжатлари, экспертиза ҳулосаси, танлов баённомаси, пудрат шартномаси

энг яхши таклифларни танлаш

"Жиззах Минтақавий йўлларга буюртмачи хизмати" ДУК

2

031293891004

Навоий кўчаси, Ўзбекистон кўчаси, А.Икромов кўчаси, Ф.Хўжаев кўчаси, Гулбахор кўчаси, Н.Қаршиев кўчаси жами 6000 метр ариқ ётқизиш.

Пахтакор МФЙ

2 187

1 320 000

Лойиҳа-смета хужжатлари, экспертиза ҳулосаси, танлов баённомаси, пудрат шартномаси

энг яхши таклифларни танлаш

Пахтакор туман Ободонлаштириш бошқармаси

Жами ажратилиши лозим бўлган маблағ

2 640 000

 

 

 

Тақсимланмаган маблағ

581 525

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар