Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla” dasturda ishlar qizg’in bormoqda

Paxtakorda “Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla” dasturda ishlar qizg’in bormoqda

16 октябрь 2023 йил
214
0

 Paxtakor tumani Olmazor mahallasida “Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla” dasturida. Аyni kunlarda bu mahallada keng koʼlamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.

Bu mahallada 5 359 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu manzilda “Obod xonadon”, “Obod koʼcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʼyicha “xonadonbay” xatlov oʼtkazilib, ko’chalar kesimida “Yoʼl xaritalari” ishlab chiqilgan. Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla ifratuzilmasini yaxshilash maqsadida mazkur mahallada jami 46 ta koʼcha obodonlashtirilmoqda.

 

Xususan, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 316 dona eski simyogʼochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 20 ta transformator punktlari mukammal taʼmirlandi va 4 dona yangi transformator oʼrnatildi, 2.035 metr uzunlikdagi elektr kabellari tortildi.

 

Mahalladagi ichki yoʼllarning jami 3,56 km qismiga asfal’t yotqizildi, ko’p qavatli uylarni atroflarida 400 metrli beton yo’llar yotqizildi hamda 600 metr uzunlikdagi tuproq yo’llar shagʼallashtirildi. Hududlardan oʼtuvchi 6,7 km uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalandi. Mahalla ichidan o’tuvchi kichik beton ariqlar yaroqsiz holatga kelib qolganligi sabab yangisiga almashtirildi. Yangidan qurilishi rejalashtirilgan 2 klometr piyodalar yo’laklarida shag’al to’kish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari mavsumda to’planadigan sizoq suvlarni qochirish maqsadida 1.7 km uzunlikda oqova suvlarga moslangan lotoklar o’rnatildi.

 

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 4 ta gaz taqsimlash punkti kapital, 6,0 km gaz quvurlari esa joriy taʼmirlandi. Shuningdek.

Hududdagi ijtimoiy soha obʼektlariga jami 210 tonna va aholi xonadonlariga 4,0 tonna koʼmir mahsulotlari yetkazib berildi.

 

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʼyicha 3,7 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi.

 

Mahalladagi mavjud BULLVAR toʼliq tozalandi, manzarali daraxtlar ekilib mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

 

Mahalla binosi va ijtimoiy obʼektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʼnalishida mahallalning xizmat binosi devorlari ta’mirlanib, panjaralar bo’yoqlandi. Hududdagi 2 ta umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlangan.

 

Аholi sogʼligʼini yaxshilash maqsadida 4367 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi shuningek, 891 ta fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Jami 51 nafar fuqaroning viloyat va tuman sogʼliqni saqlash muassasalarida sogʼligʼi tiklandi.

 

Paxtakor “ECO SFERA” MCHJ tomonidan Olmazordan mahallasi 1 oy davomida 172 tonna qurilish va xonadonlardan to’plangan maishiy chiqindilar Paxtakor tuman markaziy chiqindi poligoniga joylashtirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар