Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi boshligʼi А.Oltievning 9 oylik xisoboti

Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi boshligʼi А.Oltievning 9 oylik xisoboti

31 октябрь 2023 йил
125
0

 Paxtakor tumani Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi boshligʼi А.Oltievning Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasiga bergan xisoboti.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishining 79-sonli bayoni 21-bandi ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2023-yil uchun shakllantirilgan, aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish majlis bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ijrosi toʼgʼrisida MА'LUMOT
Maʼlumki, mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash borasida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab uzoqni koʼzlagan izchil ijtimoiy siyosat olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022-yil 15-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishining 79-sonli bayoni 21-bandi ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2023-yil uchun shakllantirilgan, aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish majlis bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda yangi ish oʼrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash toʼgʼrisida dastur ishlab chiqildi.Jumladan, “2023 yilda ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash” dasturini ishlab chiqishda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tuman aholisi 79377 nafar, 38101 nafari (48,%) shaharda, 41276 nafari (52%) qishloqda yashaydi. Shundan, (mehnat resurslari 43356 nafar, iqtisodiy faol aholi soni 34058 nafar, iqtisodiy faol boʼlmagan aholi soni 9298 nafar, jami ish bilan band aholi soni 30810 nafar, ishsizlar 3248 nafar) Iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar 10034 nafar, Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar 18239 nafarni tashkil qiladi.Paxtakor tumanida 2023 yilda ish oʼrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga muvofiq joriy yilda jami 12105 ta yangi ish joylari yaratilishi belgilangan.


Jumladan;
1.Xizmat koʼrsatish, tadbirkorlik va kambagʼallikni qisqartirish hisobiga jami 2764 ta; Shundan;- Savdo va servis yoʼnalishini tashkil etish hisobiga 1129 ta- Mikro-loyihalar va mikro markazlar hisobiga 464 ta- Kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish birgadalarini  rivojlantirish xisobiga 420 ta- Xunarmandchilikni rivojlantirish xisobiga 159 ta- Norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish va boʼsh ish oʼrinlarini toʼldirish xisobiga 514 ta- Turizm va sportni rivojlantirish sohasini tashkil etish xisobiga 78 ta
2. Bino va inshootlar qurilishi mavsumiy ish oʼrinlari tashkil etish hisobiga 200 ta3. Investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirishni tashkil etish hisobiga jami 266 ta;
4. Qishloq, suv va oʼrmon xoʼjaligija yangi ish oʼrinlari yaratish hisobiga jami 8875 ta;Shundan;- Paxta va gʼalla klasterlari rivojlantirish hisobiga 490 ta;- Suv xoʼjaligida yangi ish oʼrinlari tashkil etish hisobiga 63 ta- Fermer xoʼjaliklarini rivojlantirish hisobiga 390 ta- Tomorqa xizmatini rivojlantirish xizmatiga 625 ta - Dehqon xoʼjaligi uchun 0,1 dan 1 gektargacha yer ajratish hisobiga 3292 ta - Takroriy ekin uchun ajratilgan maydonda mavsumiy ish oʼrinlari hisobiga 2712 ta - Pillachilik korxonalarida mavsumiy ish oʼrinlar hisobiga 1303 ta 
Joriy yilning 9 oy davomida 11266 ta reja boʼlib, amalda dastur ijrosi 11502 ta yoki rejaga nisbatan (102,1,) foizga bajarildi. Shu jumladan;1. Moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagʼallikni qisqartirish xisobiga yanvar-sentyabr oylarida reja 2584 ta, amalda 2687 ta, (104,0 foiz)2. Qurilish, transport va kommunal sohasida mavsumiy ish oʼrinlari tashkil etish xisobiga yanvar-sentyabr oylarida reja 187 ta amalda 160 ta rejaga nisbatan (85,6 foiz) 3. Investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish doirasida tashkil etish hisobiga yanvar-sentyabr oylarida reja 122 ta, amalda 277 ta rejaga nisbatan (221,3 foiz) 4. Qishloq hoʼjaligida mavsumiy ish oʼrinlari tashkil etish xisobiga yanvar-sentyabr oylarida reja 8373 ta, amalda 8385 ta, (100,1 foiz) ish oʼrinlari tashkil qilindi.Dasturni amalga oshirish doirasida alohida eʼtibor band boʼlmagan aholiga, oʼquv muassasalari bitiruvchilariga, shuningdek qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga qaratilgan.Shu bilan birga, 3167 nafar band boʼlmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda, yoshlarga, xotin-kizlarga, imkoniyati cheklangan shaxslarga malakaviy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʼyicha xizmatlar koʼrsatiladi. 
Аholini ish bilan taʼminlash va oʼqishga yoʼnaltirish
Joriy yilning 9 oy mobaynida tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimiga ish soʼrab murojaat etganlar 2426 nafar boʼlib, shundan ishga joylashganlar 1077 nafar, (kvota ish oʼrinlariga ishga joylashganlar 55 nafar, bundan tashqari 402 nafar ishsiz fuqarolar kasbga oʼqitish uchun yuborilganlar, tumandagi maxalalarda mavsumiy ishlar uchun 232 nafar ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilinib, 2286 nafar ishsiz fuqarolarga maslaxatlar berildi.Joriy yilning 9 oy mobaynida hokim yordamchilari bilan birga amalga oshirilgan ishlar hisobiga tumanda 3914 ta fuqarolarning quyidagi yoʼnalishlarda bandligi taʼminlandi:Shundan:1 689 tasi doimiy va jamoat ishlari;2 225 nafari oʼzini-oʼzi band qilish;
Imtiyozli kreditTadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish maqsadida joriy yil tuman boʼyicha hokim yordamchilari tomonidan 1019 nafar jismoniy shaxslarga (23,9 mlrd. soʼm) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratish boʼyicha hokim yordamchisi tavsiyanoma berilib, imtiyozli kreditlar ajratildi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PQ-5140-sonli “Ichki kasblar boʼyicha kadirlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan 2021 yil 17 dekabrda Maxalla aholisini kasb-xunarga oʼqitish maskanlarini tashkil etish boʼyicha tuman xokimining 167-3-52-Q/21-con qarori chiqarilib, Tuman mahalalarida 3 ta maskan tashkil etildi. Jumladan Oltinkoʼl maxalla fuqarolar yigʼinida oshpaz qandolatchilik, tikuvchilik yoʼnalishi, Paxtakor kasb-xunar maktabida tikuvchilik, ayollar sartaroshi yoʼnalishi xamda Mingchinor maxalla fuqarolar yigʼini binosida tikuvchilik yoʼnalishlari boʼyicha maxalladagi ishsiz fuqarolarni kasb hunarga oʼqitish boʼyicha maskanlar ochilib faoliyat koʼrsatib kelmoqda.Joriy yilning shu bugungi kuniga qadar ushbu tashkil etilgan maskanlarda 402 nafar ishsiz va ish bilan band boʼlmagan fuqarolar tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik yoʼnalishlarida oʼqitilgan.


E'TIBORLАRINGIZ UCHUN RАXMАT!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар