Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Madaniyat xodimlari tomonidan “Yashil - jamoat bogʼi” barpo etildi.

Madaniyat xodimlari tomonidan “Yashil - jamoat bogʼi” barpo etildi.

09 ноябрь 2023 йил
132
0

 Bugungi kunda ekologik muammolar koʼplab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yoʼnalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha asosida har yili Oʼzbekistonda ona yer bagʼriga 200 million tup daraxt va buta koʼchatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda oʼziga xos qadriyat sifatida namoyon boʼlayotganini kuzatish mumkin.

Paxtakor tumanidagi «Madaniyat» bo’limi hududida tashkilot xodimlari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali koʼchatlar ekilib, “Yashil jamoat bogʼi” barpo etildi.

Koʼchat ekish tadbirida soʼz olganlar ushbu loyihada barchani faol ishtirok etishga chorladilar. Tadbir davomida qariyb 30 sotix boʼsh turgan yer maydoniga 300 donadan ortiq terak, sadaqayragʼoch, shumtol, katalpa, gujum kabi ixota koʼchatlari ekildi.

Tuman hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilgi kuz mavsumida 526 ming dona mevali, manzarali daraxt va buta koʼchatlari ekish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasidagi koʼkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida OʼzLiDeP dan saylangan mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollarining ishtirok etayotganliklari uning ijrosini oʼz vaqtida taʼminlash imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
07 ноябрь 2023, Вторник
Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Paxtakorda “Ustozlar bog’i” tashkil etildi.
06 ноябрь 2023, Понедельник
Paxtakorda “Ustozlar bog’i” tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
11 ноябрь 2022, Пятница
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
29 октябрь 2022, Суббота
Paxtakorda "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар