Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda ko‘chat ekish qizg‘in bormoqda

Paxtakorda ko‘chat ekish qizg‘in bormoqda

15 ноябрь 2023 йил
158
0

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

 O‘simliklar dunyosi hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Har bir insonning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bugungi ekologik o’zgarishlar davrida dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan hozirda o‘lkamiz bo‘ylab hasharlar, ko‘chat ekish aksiyalari har qachongidan ham qizg‘inroq tus olgan. Ta’kidlash joizki, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida tadbirkorlar ham faol qatnashmoqda.“Yangi O‘zbekiston – yashil makon hududida birgalikda yashaymiz!” ezgu g‘oyasi ostidagi kuzgi ko‘chat ekish mavsumida Prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)ning viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari J.Zaripov, D.Xasanov bilan hamkorlikda Paxtakor shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida ularning muammolarini o’rganish bilan birgalikda mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Xabaringiz bor ayni paytda butun yurtimizda bo‘lgani kabi, “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu loyihaga befarq bo‘lmagan tadbirkorlar ham o‘z xissasini qo‘shish niyatida o‘zlarining bo‘sh turgan maydonlariga turli xildagi  daraxt ko‘chatlarini ekishdilar. Xususan tumanimizda faoliyat olib borayotgan “Azamat qurilish kapital MCHJ” rahbarligidagi tadbirkor Yusupov Nodir tamorqa yerlariga ishlov berishda munosib hissa qo‘shdi. “Yashil makon barpo etishda o’z xissamni qo‘shaman” shiorida o‘tkazilgan mazkur tadbirda barcha toifadagi tadbirkorlar faol ishtirok etdi.

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda “Ustozlar bog’i” tashkil etildi.
06 ноябрь 2023, Понедельник
Paxtakorda “Ustozlar bog’i” tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
11 ноябрь 2022, Пятница
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda!!!
31 октябрь 2022, Понедельник
"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda!!!
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар