Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar bo’lidi

Paxtakorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar bo’lidi

25 октябрь 2023 йил
212
0

 Tumanimizdagi “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz obodligiga hissa qo‘shishni niyat qilgan nuroniylar, fermerlar, sektor rahbarlari, deputatlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.  

Tadbirda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda yashil hududlarni kengaytirish va ekologik holatni yaxshilashga e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.  

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi.  

Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”degan hikmat bor.  Shunday ekan, dunyoga kelgan farzandga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘-rog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarni davom ettirgan holda  har bir xonadon tomonidan ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusi tumanimiz fuqarolar yig‘inlari faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Joriy yilning bahor oyida tumanimizda anashunday ezgu ishlar amalga ashirilgan bo‘lsa, kuz mavsumida ham jadal suratlar bilan mevali hamda manzarali daraxtlar yani 526 ming tup ko‘chat va qalamchalar ekish rejalashtirilgan.  

Shu kuni tadbir ishtirokchilari tomonidan yaxshi niyatlar bilan hududimizdagi “Berdiyorboy ota” fermer xo’jaligida 950 tub tut daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan umummilliy loyiha shahar va tumanlarda, mehnat jamoalarida, o‘quv maskanlarida davom etmoqda.  

Barchaga ma’lum, o‘simlik va daraxtlar kislorod ishlab chiqaruvchi eng qulay va zararsiz vosita. Dеmak, mеvali va manzarali daraxtlarni ko‘paytirish, bog‘lar yaratish orqali biz hayot davomiyligini ta’minlagan bo‘lamiz. 

Shunday ekan, yurtimiz bo‘ylab “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” shiori ostida kеng quloch yoygan xayrli tashabbusga hissa qo‘shish har birimizning qalb amrimizga aylanishi shart va zarur. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар