Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Transport vositalarini boshqarishdagi huquqbuzarliklar

Transport vositalarini boshqarishdagi huquqbuzarliklar

23 ноябрь 2023 йил
88
0

 “Transport vositalarini mast xolda boshqarganlik (MJtKning 131 va 136-moddalari) uchun javobgarlik va uning salbiy oqibatlari”

 

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagining 131-moddasi transport vositalarini mast holda boshqarishi, ya’ni haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish — transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur huquqbuzarlik ob’yekti yo‘l harakati xavfsizligi hisoblanadi.

Uning xavfsizligi shu narsa bilan bog‘liqki, alkogolli ichimliklar yoki giyohvand moddalarning ta’sirida transport vositasi haydovchisi organizmining eng muhim funksiyalari buziladi, boshqaruv uchun zarur bo‘lgan reaksiya va shu kabilar yo‘qoladi.

Statistikaning guvohlik berishicha, transport vositalarini mast holda boshqarish ko‘pincha o‘zining oqibatlari jihatidan eng og‘ir yo‘ltransport hodisalariga va odamlarning o‘limiga olib keladi.

Ob’yektiv tomondan MJtK 131-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik haydovchining transport vositasini mast holda boshqarishida ifodalanadi. Boshqarish deganda transport harakati vaqtida haydovchining funksiyasini bevosita bajarish yoki haydovchi-instruktor vazifalarini bajarish tushuniladi. Ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning majburiy belgisi transport vositasini boshqarishni mast holda bo‘lgan haydovchining bajarishidir, bunday holatda bo‘lish deganda alkogolli ichimlik va giyohvand modda bilan mast bo‘lish nazarda tutiladi. Kodeksning mazkur moddasi tarkibi mavjud bo‘lishi uchun mastlikning qanday darajada bo‘lishi ahamiyatli emas. Shu bilan birga, uning uchun muhim narsa — transport vositasini boshqaruvchi haydovchining mast holda bo‘lishi faktining o‘zini aniqlashdir. Qonun mastlik holatini aniqlash tartibini nazarda tutadi. Shuningdek, Kodeks transport vositalari haydovchilarining ana shunday tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashlari uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilaydi. Ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik tarkibi uchun transport vositasini mast holda boshqargan haydovchi yo‘l harakati qoidalarini yana qandaydir darajada buzishni sodir etgan-etmaganligi (tezlikni oshirish, manevrlash qoidalarini buzish va hokazolar) ahamiyatli emas. Biroq bunday huquqbuzarlikning mavjudligi Kodeksning ushbu moddasi sanksiyasi doirasida ma’muriy jazo chorasi miqdori va turini belgilashda hisobga olinishi mumkin.

  MJtK 131-moddaning 2-qismining ob’yektiv tomonini transport vositalarini alkogolli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki o‘zgacha turdagi mastlik holatida bo‘lgan va transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan hujjatga ega bo‘lmagan shaxslarning boshqarishi hosil qiladi.

MJtK 131-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikning ob’yektiv tomonini, shuningdek, transport vositasini boshqarishni mast holdagi shaxsga topshirish ham tashkil etadi. Bu tarkib uchun xos bo‘lgan narsa transport vositasini boshqarishi lozim bo‘lgan haydovchi o‘zini transport vositasini boshqarishdan chetlatib, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan hujjatga ega bo‘lgan shaxsning boshqarishni mast holda bo‘lgan shaxsga boshqarish uchun topshirishidir. Bunda huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo‘lishi uchun transport vositasini boshqarish topshirilgan shaxsning bu transport vositasini boshqarishga huquqi bor yo‘qligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Ob’yektiv tomondan Kodeksning mazkur moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan qilingan ayb bilan bog‘liqdir. Haydovchi transport vositasini yoki uni boshqarishni mast holdagi shaxsga topshirishning, mast holda boshqarishning g‘ayrihuquqiy ekanligini anglagan holda, o‘zining bu harakati natijasida yo‘l harakati uchun xavf tug‘ilishini oldindan biladi va buni istaydi. Bu harakatlarning sabablari ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik tarkibi uchun ahamiyatga ega emas.

Huquqbuzarlik sub’ekti davlat korxonasi, muassasasi, harbiy yoki jamoat tashkiloti transport vositasining haydovchisi yohud shaxsiy transport haydovchisi bo‘lishi mumkin.

Ushbu moddaning sanksiyasi jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasiga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishini ko‘zda tutadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo chorasini belgilashda transport vositalarining bir necha turini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan haydovchilarga nisbatan mazkur jazo chorasi barcha turdagi transportga tadbiq etiladi. Masalan, Kodeksning ushbu moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan haydovchi yengil, yuk transporti va motosiklni boshqarish huquqiga ega bo‘lsa, transport vositalarining mazkur barcha turlarini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.

MJtKning 131-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy hukuqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari (transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etishdan tashqari), harbiy avtomobil inspeksiyasi (2qism bo‘yicha), ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya (1, 3-qismlar bo‘yicha) va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 136-moddasi transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, ya’ni Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi — transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mastlik yoki mast emaslik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash yo‘l harakati qatnashchilari uchun belgilangan xulq-atvor tartibini buzish bilan bog‘liqdir. Lekin u yo‘l harakati xavfsizligi uchun bevosita tahdid solmaydi.

Ob’yektiv tomondan mazkur moddada nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarlik mastlik holatini anikdash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashda ifodalanadi. Bunda ana shunday bo‘yin tovlash shakli (tekshiruvdan o‘tishni rad qilish, transport vositasini tashlab ketish, yashirinishga urinish va shu kabilar) mazkur huquqbuzarlikka baho berish uchun ahamiyatga ega emas. Kodeksning 292-moddasiga muvofiq, tekshiruvdan o‘tishga yuborish «Alkogolli yoki tarkibida alkogol bo‘lgan ichimliklarni, giyohvand yoki gangituvchi boshqa moddalarni iste’mol qilganlik faktini aniqlash va tekshiruvdan o‘tkazish uchun tekshiruvdan o‘tishga yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sub’yektiv tomondan qarab chiqilayotgan huquqbuzarlik bevosita g‘arazli niyat bilan ajralib turadi. Shaxs transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarning tekshiruvdan o‘tishi bo‘yicha belgilangan tartibni buzayotganini anglab yetadi va bunday tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashni istaydi.

Mastlik yoki mast emaslik holatini anikdash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashnnig sub’ekti transport vositalarining haydovchilari va bu vositalarni boshqaruvchi boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin. Sharhdanayotgan modda sub’yektga qarab huquqbuzarlikning ikki tarkibini nazarda tutadi: birinchi qism bo‘yicha — transport vositalari haydovchilarining huquqbuzarlikni sodir etishi; ikkinchi qism bo‘yicha — transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning huquqbuzarlikni sodir etishi hisoblanadi.

 

 Jizzax viloyat sudining sudyasi A.Xomidov

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар