Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Mening konstitutsiyam-mening kelajagim 8-maktab yoshlari nigohida

Mening konstitutsiyam-mening kelajagim 8-maktab yoshlari nigohida

01 декабрь 2023 йил
91
0

 Soʼngi uch yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qishloq va mahallalardagi yoʼl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Buni qarangki  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami arafasida Paxtakor tumanidagi Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inida ham ushbu dastur asosida havas qilarli ishlar oʼz yakunuga yetay deb qoldi.

Shu munosabat bilan, tuman hokimining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab 1-7-dekabr kunlari “Olmazor” mahallasida “Konstitutsiya - xalqchil davlat,barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat boʼlgan “Konstitutsiya haftaligi”ga bugun start berildi. Belgilangan rejaga asosan Paxtakor tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli ta`lim tashkilotlarida tuman xokimining o`rinbosarlari, tuman adliya bo`limi hamda tuman tashkilot rahbarlari va malakali ustozlar tomonidan bir hafta davomida mahorat darslari tashkil etish ko`zda tutilgan. Bugun, tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari boʼyicha oʼrinbosari tomonidan "Mening konstitutsiyam -mening kelajagim" deya nomlangan mahorat darsi tashkil etildi. Bundan tashqari 8,20,4-umumtaʼlim maktablari va "Barkamol avlod" bolalar ijod maktabining iqtidorli oʼquvchilari ishtirokida kichik ixtirolar ko`rgazmasi oʼtkazildi. Fikri teran, kreativ g`oyalarga ega boʼlgan bu bolalarning oʼz maqsadini aniq qoʼya olgani va kelajagiga ishonch bilan qaray olgani odamni quvontiradi! Endigi koʼrgazma "Men innovatorman" deb nomlanadi va 7-dekabr kuni Olmazor mahalla fuqarolar yig`inidagi 8-maktabda boʼlib oʼtadi.

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар