Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT - E'TIBORDA!

HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT - E'TIBORDA!

13 декабрь 2023 йил
107
0

 Bugun davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar mohiyatini anglagan, zimmasidagi mas'uliyatni his qilgan mutasaddi borki, rahbarlik qilayotgan tashkiloti va aholi o’rtasida yuzaga kelgan bo’shliqni to’ldirish, xalq bilan yaqin bo’lishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda. Va albatta, bu o’z samarasini bermoqda.

Bugungi navbatdagi qabulda, Paxtakor tumani hokimi A.Ashurov tomonidan Oqbuloq mahalla fuqarolar yig’inida fuqarolarining har bir murojaatga diqqat bilan e'tibor qaratdi.

Qabullarda tumanimiz aholisi o’z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.

Bugungi o’tkazilgan qabulda ham tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash, uy-joy, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar ko’rib chiqildi.

Qabul jarayonida yechimi qulay bo’lgan murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.        

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Paxtakor tumani hokimligi Axborot xizmati.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tuman hokimining fuqarolar bilan qabuli boʼlib oʼtdi
12 декабрь 2023, Вторник
Tuman hokimining fuqarolar bilan qabuli boʼlib oʼtdi
Tuman hokimining qabuli bo'lib o'tdi
27 октябрь 2023, Пятница
Tuman hokimining qabuli bo'lib o'tdi
Tuman hokimi qabuli: Har bir murojaat –eʼtiborda!
04 август 2023, Пятница
Tuman hokimi qabuli: Har bir murojaat –eʼtiborda!
“Hokim va yoshlar” uchrashuvi
16 апрель 2023, Воскресенье
“Hokim va yoshlar” uchrashuvi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар