Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi

16 апрель 2023 йил
171
0

 Tuman hokimi dastlab chet elda ishlashga ketgan yoshlarning ota onalari bilan suhbat o'tkazib ularni muammolarini o'rgandi. Bugungi kunda yoshlarning muammo va takliflarini tashkilot rahbarlariga yetkazishda yoshlar yetakchilarining o‘rni, shuningdek, yetakchilar doimiy ravishda hokim yordamchilari bilan hamkorlik qilishini qayd etib o‘tdi.

Tuman hokimi yoshlarga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi yillarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilganligi, yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlar, qonunlar qabul qilinayotgani va unda yoshlarning ham takliflari o‘rin olayotganligi, yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning namunasi ekanligini aytib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda yoshlar asosan, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi.

Uchrashuv davomida, yoshlarning murojaatlarini tegishli tartibda oʻrganib chiqish boʻyicha masʼullarga kerakli topshiriqlar berib oʻtildi.

Uchrashuv rasmiyatchilikdan holi ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар