Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida tungi reyd tashkil etildi

Paxtakor tumanida tungi reyd tashkil etildi

16 декабрь 2023 йил
88
0

 Paxtakor tumani hokimligi tomonidan Kuz qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida tuman hokimligi binosida shtab tashkil etilgan. 72-224-12-13

Shtab a’zolari tomonidan tuzilgan ishchi guruh 2023-yil 15-dekabr kuni komunal soha korxona, tashkilotlari hamda ijtimoiy obyektlarda holat yuzasidan tungi reyd tashkil etildi.

Reyd jarayonida 9-maktab isitish qozonxonalarida o’t yoqish holati sustkashlik bilan olib borilayotgani, 6-sonli DMTTda tungi navbatchilikda hechkim yo’qligi, tuman Elektr tarmoqlari korxonasida 8 nafar hodim tungi navbatchilikga biriktirilgan bo’lib, ularning ikki nafari xizmat joyida ekanligi, qolganlarining qo’l telefonlariga telefon qilinganda telefoni o’chirilgan, bir nafari uyda dam olayabman deb javob bergan holatlar kuzatildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan ishchi guruh tomonidan muammolar o’z joyida bartaraf etildi. Tegishliligi bo’yich ma’sullarga ogohlantirishlar berilib choralar ko’rildi.

Paxtakor “Tumangaz” gaz bo’limi korxonasi hamda 15-maktab holatlari o’rganilganda hodimlar o’z joyida faoliyat olib borayotgani kuzatildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hurmatli ma’sullar Paxtakor tumani Kuz qish shtabi tomonidan reyd jarayonlari davom etadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар