Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor innovatsion tumanida «HAKHTHON» marafoni o`tkazildi

Paxtakor innovatsion tumanida «HAKHTHON» marafoni o`tkazildi

25 декабрь 2023 йил
113
0

 Xakaton-bu leksikonimizga kirib kelgan yangi so`zlardan biridir. Ingliz tilidan olingan HAKHTHON soʼzi (hakh va marathon soʼz shakli) dasturiy taʼminot ishlab chiquvchisi boʼlgan jamoalar oʼrtasidagi raqobatni bildiruvchi atamadir. Tanlovda dasturchilar, dizaynerlar va menejerlar ishtirok etishadi. Bunda jamoalar yuzaga kelgan muammolar yechimi ustida 48 soat ishlab, eng qulay yechimini taklif etadilar. Respublikamizdagi innovatsion tumanlar ichida birinchilikni qo’ldan bermagan holda Paxtakor innovatsion tumanida ham joriy yilning 20,21,22-dekabr kunlari «HAKHTHON» marafoni o`tkazildi.

Marafon oldidan ro`yxatdan o`tish uchun sayt yaratilib, tuman aholisida «HAKHTHON» o`zi nima ekanligini tushuntirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda kontentlar yaratildi. Kutganimizdan farqli o`laroq qiziquvchilar va sayt orqali qatnashish istagini bildirgan yoshlar ko`pchilikni tashkil etdi. Marafonga viloyatimizdagi Sambxram universitet talabalaridan tashkil topgan jamoa, Jizzax shaxridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning saralangan jamoasi, Paxtakor tumanining IT Park jamoasi, tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab jamosi, Jizzax shaxridagi dasturchilardan tashkil topgan jamoa va Do`stlik innovatsion tumanining yoshlari ishtirok etishdi.

Marafonni o`tkazishda alohida taʼkidlab o`tish kerakki tumanimizdagi Ixtisoslashtirilgan maktab raxbariyatining, Yoshlar bo`limi va albatta tuman hokimi katta yordami ko’rsatdilar. Nihoyat 20-dekabr kuni Ixtisoslashtirilgan maktabda jamoalar kutib olindi. Marafonga beshta jamoa tashrif buyurdi. Marafonning birinchi kuni jamoalarni kutib olish va muammolar bilan tanishtirishtirilgan bo`lsa, ikkinchi kuni soat 10:00 dan boshlab jamoalar ishlarini davom ettirishdi, tushlikdan so`ng Jizzax viloyatidagi IT Park markazi raxbariyati tomonidan  «Taqdimot tayyorlash va uni ommaga ko`rsatish» mavzusida onlayn tarzda master-klass tashkil etildi. Jamoalar muammo ustida juda qiziqarli tarzda yechim topishga xarakat qilishdi. Muammolarga topilgan yechim bilan tanishadigan kun xam yetib keldi. Jamoalar birma-bir yaratgan loyihalari, telegram botlari, video roliklarini namoyish etishdi. To’g’risini aytish kerakki yoshlarni intellektual salohiyati bizni xayratda qoldirdi, loyihalar bir-biridan qiziq. Yakuniy natijalarga ko’ra, talaba yoshlar o’rtasida eng yaxshi natijani «Maktablarda davomatni aniqlashning alternativ dasturiy yechimi» mavzusidagi Sambxram universiteti talabalari ko`rsatgan bo`lsa, «Paxtakor tumani salohiyatidan kelib chiqgan holda, turistlarni jalb etish» mavzusida eng yaxshi dasturiy yechimni tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilarining “Innovator`s” jamosi taklif etdi.

Аlbatta bu birinchi qadam, ishonamizki bu kabi tanlov va marafonlarga ko’proq eʼtibor qaratib yoshlarni qo’llab-quvvatlaymiz deydi tuman hokimi o’rinbosari Ozoda Otajonova.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар