Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » «Kreativ fikrlash-yangi innovatsion g’oyalar debochasi» nomli seminar trening tashkil etildi

«Kreativ fikrlash-yangi innovatsion g’oyalar debochasi» nomli seminar trening tashkil etildi

17 ноябрь 2023 йил
141
0

 Bugungi kunda kreativ mutaxassislarni shakllantirish zamonaviy jamiyat barcha tizimining asosiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Qoʼyilgan vazifaga faqatgina kreativlik.uz ustida ishlash bilan erishish mumkin, Shaxsning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratishga yoʼnaltirish, muammo va faoliyat turlarini tahlil qilish, muammolarni mustaqil tushunish, imkoniyatlarini oʼz-oʼzini rivojlantirishga sarflash kabilarni maqsad qilib olingani aynan kreativ fikrlashga boʼlgan ehtiyojni talab qiladi. Mana shu fikrlani inobatga olgan holda Paxtakor innovatsion tumanni 2022-2026 yillarga Mo’ljallangan rivojlantirish kontseptsiyasida yoshlar bilan ishlash, startap g’oya va loyixalarini qo'llab quvvatlashga alohida to’xtab o’tilgan.

Bugun tumandagi yoshlar bilan «Kreativ fikrlash-yangi innovatsion g’oyalar debochasi» nomli seminar trening tashkil etildi. Seminarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xuzuridagi Innovatsiya agentligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan o’tkazilgan seminarga «Yoshlar akademiyasi» lideri I.Tolliboev, «Bo’lajak olim» tanlovi g’olibi X.Davronov , IT-progress MCHJ rahbari Аxror Аbdug’aniyevlar ishtirok etdi. Seminar davomida Olmazor MFYdagi 8 va 20-maktab o’quvchilarining bir qancha ishlanmalari haqida uz fikrlarini bildirishib bizni xursand qildi.

Demakki yoshlarimiz o’z ustilarida ishlamoqda, ularni davlatimizning kelajagi, iqtisodi, rivojlanishi haqida bosh qotirishmoqda. Yoshlar akademiyasi lideri Ilyos Tolliboev bilan yaqin kunlarda Paxtakor tumanida ham Yoshlar akademiyasini tashkil etish haqida kelishib olindi. Bu masalada biz bilan tumandagi «SMАRT» o’quv markazi hamkorlik qilishga bajonudil rozi bo’ldi. Seminar so’ngida ishtirokchilardan xulosalar olindi, albatta kamchiliklar ham bo’lgan ammo bu kabi treninglar yana ko’proq tashkil etilishini suragan yoshlarimiz soni ko’pligi bizni yana o’z ustimizda ishlashga undaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Innovatsiyalarni rivojlatirish

 masalalari buyicha xokim

 urinbosari O.Otajonova

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар