Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorlik tadbirkorlarning aholi bilan muloqoti PRESS-TUR shaklda tashkil etildi

Paxtakorlik tadbirkorlarning aholi bilan muloqoti PRESS-TUR shaklda tashkil etildi

28 август 2023 йил
188
0

 Paxtakor tumanida “Semrug cluster” maʼsuliyati cheklangan jamiyati urugʼchilik klasteri rahbari Suvonqulov Shoxxasan Muhammad oʼgʼli aholi bilan ochiq muloqoti oʼtkazdi.

Oʼtkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlar va tadbirkorlikka kirib kelayotgan yoshlar ham ishtirok etdi.

Аvvalo tadbir davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yoʼnalishlari borasida takidlab, soʼnggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligiga eʼtibor qaratib oʼtdi.

 

Shundan soʼng Shoxxasan Suvonqulov urugʼchilik klasteri tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari va chet davlatlar bilan amalga oshirayotgan eksport salohiyati bilan ham tadbirkorlar bilan oʼrtoqlashdi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida oʼtkazgan uchrashuvlarida tadbirkorlar xalq bilan uchrashuvlar oʼtkazib, tadbirkorlik va biznesda erishilayotgan natijalar, oldimizda turgan ulkan vazifalar, tadbirkorlikdagi muammo va yechimlar xaqida muxokamalar oʼtkazish toʼgʼrisida fikr bildirildi.

 Shu munosabat bilan klasterimizning 5 yillik faoliyati xaqida qisqacha ma’lumotlar berib oʼtaman.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan 5-sonli Majlis bayonida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida Paxtakor tuman xokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Semrugʼ urugʼchilik klasteri tashabbuschmlmgida 2019 yil 27 fevralʼ kuni Respublikamizda birinchi zamonaviy urugʼchilik klasteri tashkil etilib, davlat roʼyxatidan oʼtkazildi va umumiy qiymati 10 mlrd. 720 mln. soʼmlik istiqbolli loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Xitoy davlatidan xorijiy ilgʼor innovatsion texnologiyalar asosida paxta va gʼalla urugʼlarini tayyorlovchi uskunalar olib kelinib, ishga tushirildi, natijada 67 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan va ilm fanga suyangan holda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish imkonini beradigan zamonaviy korxonani tashkil etildi.

Urugʼchilikka ixtisoslashgan Innovatsion “Semrug cluster” MChJ urugʼchilik klasteri Ilm-fanni qishloq xoʼjaligiga integratsiya qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Respublika paxta selektsiyasi urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Gʼallaorol lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Аndijon don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot istitutlari bilan ilmiy-amaliy memorandum asosida litsenzion shartnomalar tuzib, olimlar tomonidan yaratilgan yangi navlarni ilmiy xodimlar bilan xamkorlikda Innovatsion istiqbolli tola chiqimi 40% boʼlgan, xosildorligi 40-45 sentnerdan yuqori suvsizlikka va kasallikka chidamli gʼoʼzaning Sulton, Porloq-4, Ravnaq-2, Zafar, Baraka navlari koʼpaytirilib, yetishshsh va gʼallada Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti urugʼchilik klasterini institutning Jizzax viloyatidagi tayanch shaxobchasi sifatida qabul qilib, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan klasterga davlat reestiriga kiritilgan va istiqbolli, maxalliy va xorijiy navlarning yuqori xosil beradigan, takroriy ekinbop ertapishar, qurgʼoqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli urugʼlar bilan taminlab, hamkorlikda yangi navlarini koʼpaytirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi ”Qishloq xoʼjaligida bilim va inovatsiyalar tizimi xamda zamonaviy xizmatlar koʼrsatishni yanada rivojlantirish toʼgʼrisida”gi PF-6159 sonli Farmoni, va Jizzax viloyati xokimining 2021 yil 10 iyundagi “18-3-0-Q/21” sonli qaroriga asosan “Semrugʼ cluster” MChJ urugʼchilik klasteri urugʼlik paxta, urugʼlik gʼalla ekinlarining urugʼlik xom-ashyosini yetishtirishda jami 216 gektar yer maydonida paxtachilik xamda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlari bilan Memorandum asosida gʼoʼzaning eng yuqori avlodli, xamda gʼallaning birinchi urugʼ koʼpaytirish avlodlarining maxalliy va Krasnodar innovatsion navlarini yetishtirib, koʼpaytirib, Xitoy davlatidan olib kelingan innovatsion texnalogiyalar yordamida standart talablarga mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari asosida urugʼlar tayyorlanmoqda.

urugʼchilik klasterimiz 2021-2023 yillar ekspartiyor korxonaga aylanib Respublikamizdagi klasterlar orasida 1 tonna chigitni eng yuqori narxda eksport qilishga erishgan, shuningdek Respublikamizning 9 ta viloyatlaridagi 17 ta paxtachilik va gʼallachilik klasterlariga hamda Respublikamizdagi eng yirik va ilgʼor 184 ta urugʼchilik fermerlariga shartnoma asosida muvofiqlik sertifikati bilan birlamchi urugʼlik chigit va urugʼlik bugʼdoylari yetkazib bermoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi 307-sonli Qaroriga asosan Respublikada ilk bor urugʼchilikka ixtisoslashlash Innovatsion “Semrug cluster” MChJ jamiyati urugʼchilik klasteri gʼalla va paxta urugʼchiligida oʼz brendini yaratgani etirof etildi, xamda innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʼnalishlarida ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar roʼyxatiga kiritilib, Urugʼchilikka ixtisoslashgan «SEMRUG CLUSTER» MChJ urugʼchilik klasteri paxtachilik institutlari bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik MEMORАNDUM bitimlari asosida ilm-fanga suyangan xolda paxtaning ertapishar va vegetatsiya davri 105 — 110 kundan ortiq boʼlmagan, hosildorligi 45 sentnerdan yuqori, ixcham buta navlarini ekishga eʼtibor qaratib, yetishtirilgan hosilni mexanizatsiyalashgan holda yigʼib olishga imkon beradigan yangi istiqbolli gʼoʼza navlarini yetishtirish xamda

 

  1. Oziq-ovqat programmasini bajarishda boshoqli don asosiy strategik yoʼnalishni ekanligi hisoblab, gʼallaning ertapishar, hosildor va kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda institutlar bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik MEMORАNDUM bitimlari asosida bugʼdoyning yangi innovatsion navlarni tanlab olib koʼpaytirish vazifalari belgilangan.

Shuningdek 2021 yildan boshlab paxta maydonining 82 gektarida tomchilatib sugʼorishning zamonaviy, tejamkor innovatsion texnalogiyasidan foydalanib kelmoqdamiz, bu tejamkor texnalogiya yordamida 4 barobar kam suv evaziga ekin maydonlarini toʼliq va xar bir koʼchat nazoratli sugʼorish imkoniyati yaratildi.

Davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan tomonidan tadbirkorlik va biznesga juda katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratilayotganligidan foydalanib Urugʼchilik klasterimiz oʼz faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish yangi ishlanmalarni yaratish, istiqbolli paxta va gʼallaning asl navlarini koʼpaytirish, Respublikamiz viloyatlaridagi klasterlariga hamda yirik va ilgʼor urugʼchilik fermerlarini birlamchi urugʼlar bilan taʼminlash maqsadida 2022 yildan boshlab Doʼstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzachoʼl tumanlarida bittadan fermer xoʼjaliklari bilan shartnoma asosida urugʼchilik kompaniyasiga biriktirilib, gʼoʼzaning yangi texnalogiyalar yordamida yarptilgan navlari koʼpaytirilmoqda, buning natijada qoʼshimcha 120 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan.

Klasterimiz Respublikada goʼza va boshoqli don boʼyicha 2 ta inovatsion yangi istiqbolli navlar yaratishda nav muallifligiga erishdi.

2023 yil urugʼchilik klasterimizni ilm-fan bilan qishloq xoʼjaligini yanada integratsiya qilish, yangi ish oʼrinlarini yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambagʼallikni qisqartirishda tadbirkorlik subʼektlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2023 yil 12 iyundagi 93-son Farmoniga muvofiq «20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasidaa qayta ishlashdan olingan paxta tolasini chuqur qayta ishlash uchun urugʼchilik klasteri qoshida tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida Xitoy davlatidan toʼquv uskunalarini olib kelish uchun umumiy qiymati 17 mlrd. soʼmlik shartnomalar imzolangan va buni natijasida temir daftarga kiritilgan va ishsiz 150 ta yoshlar hamda ayollar ish bilan taʼminlanishi kutilmoqda. Ushbu loyixa iqtisodiy rivojlanish dasturiga kiritilib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimotda tasdiqlangan.

 Xozirgi kunda Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan biz tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan toʼliq foydalanib, biznesni rivojlantirishimiz bizning burchimiz va vazifamiz deb xisobliman va bundanda koʼproq natijalarga erishib davlatimiz rivojiga xissa qoʼshish maqsadimiz ekanligini bildiraman.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tamonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар