Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Poytaxtdagi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan

Poytaxtdagi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan

05 январь 2024 йил
59
0

Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida qanday ishlar amalga oshirilayotgani tahlildan o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, korrupsiya xavf-xatarlarini keltirib chiqarayotgan masalalar mavjud.  

Jumladan, qurilish, bank, sud-huquq tizimlari va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar ko‘p uchramoqda. Toshkent shahar hokimligi va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Toshkent shahrining bu boradagi natijalarini korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi, byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi holatlari, aholining murojaatlari, ijtimoiy so‘rov natijalari va OAVda e’lon qilingan korrupsiya bilan bog‘liq ma’lumotlar tahlili asosida ko‘rib chiqilgan.  

Poytaxtdagi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani, ochiqlikni ta’minlashda sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan.  

Agentlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining ayrim mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganiga oid e’lon qilingan xabarlar va boshqa ochiq ma’lumotlar asosida ham o‘rganishlar o‘tkazilgan. Shunda bir qator mansabdor shaxslar tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischi yoki ulushga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan.  

Bu borada qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan mas’ullarning javobgarligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yish choralari ko‘rilmoqda 

Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi bosh direktori Sh.A, Mirobod tuman hokimi A.S, “Milliy antidoping agentligi” rahbari A.S, “Axborotlashtirish bosh markazi” unitar korxonasi rahbari D.S, Bo‘ston tumani hokimi S.N, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi direktori D.S, Energetika vaziri o‘rinbosari U.M, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.ning tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyatlari tugatilishi ta’minlandi.  

N.Abduraimova, O‘zA

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар