Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga xavfli toʼsiq

Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga xavfli toʼsiq

15 ноябрь 2023 йил
118
0

 Bugungi kundada dunyoda globallashuv jarayonlari jadallashib, mintaqa va davlatlararo integratsiya yanada kuchayib bormoqda. Bunday murakkab bir davrda korruptsiya davlatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfi kuchaymoqda.

Butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan bu illat azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga zimdan toʼsqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biri sanaladi.

Korrupsiya bu nihoyatda ijtimoiy – siyosiy vayronkor kuch boʼlib, uning oqibatida iqtisodiy rivojlanishga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtirib, xalqning davlat boshqaruvi va mahalliy hokimyat idoralariga boʼlgan ishonchini soʼndirib, jamiyatning iqtisodiy negizlarini yemiribgina qolmasdan, maʼnaviy qashshoqlikka yetaklaydi.

Zero insoniyat azal azaldan bu illatga qarshi kurashib keladi.

Korrupsiya qarshi kurashish borasidagi faoliyatning asosiy yoʼnalishlaridan biri bu barcha davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning oshkoraligidadir. Faoliyatning ochiq boʼlishi davlat idorlariga boʼlgan ishonchini mustahkamlaydi, faoliyat ustidan jamoatchilik nazorat oʼrnatilganligi esa bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi.

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan 2017 yil 3 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi, 2020 yil 29 iyunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon bilan 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, uning asosiy vazifa va faoliyat yoʼnalishlari belgilab berildi. Аmalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizda korruptsiya qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yangi bosqichga koʼtardi. “Halollik vaksinasi” tushunchasi paydo boʼldi.

Аytish joizki, korruptsiya va poraxoʼrlik kabi salbiy illatlar jamiyat barqarorligining muhim asosi boʼlgan adolatning yoʼqolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod boʼlishini istagan har bir fuqaro bunday illatdan xoli boʼlishi kerak, zero bu har birimizning insoniy burchimizdir.

 

Jinoyat ishlari boʼyicha

Paxtakor tuman sudi raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар