Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Boks: Jizzaxda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Boks: Jizzaxda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

29 январь 2024 йил
68
0

Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati iqtidorli yosh charm qo‘lqop ustalarini aniqlashga xizmat qildi.

Bir hafta davom etgan musobaqalarda respublikamizning barcha hududlaridan Jizzaxda jam bo‘lgan 300 nafarga yaqin yosh bokschilar 13 ta vazn toifasidagi janglarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.  

Shiddatli o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan Jizzax jamoasi umum jamoada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 ta oltin, 4 ta kumush medal jamg‘argan Toshkent viloyati jamoasi 2-o‘rin, 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchilari umum jamoada 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.  

O‘z vazn toifalarida Sayfiddin Sobirov, Sobirjon Tastanov, Nodirbek Allaberganov, Mironshoh Norqosimov, Samandar Habibullayev, Javohir Mehriddinov, Akmaljon Isroilov kabi yoshlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.  

Mazkur chempionat doirasida O‘zbekiston boks federatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limining yig‘ilishi o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining boksni rivojlantirish to‘g‘risidagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. Jizzaxda boks sport turini ommalashtirish borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, milliy terma jamoa safida jizzaxlik iqtidorli sportchilar safini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda O‘zbekiston boks federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati bo‘limi raisi lavozimiga Akmal Mahkamov saylangangi e’lon qilindi.  

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Tashkiliy qo‘mita a’zolarining ovoz berishi natijasida Mironshox Norqosimov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi”, deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.  

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirok etdi.  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Jizzaxda O'zbekiston chempionati boks
26 январь 2024, Пятница
Jizzaxda O'zbekiston chempionati boks
VILOYATDA “YOSH GVARDIYACHILAR” SARALANDI
28 апрель 2023, Пятница
VILOYATDA “YOSH GVARDIYACHILAR” SARALANDI
G’alaba muborak Paxtakorlik sportchilar
25 декабрь 2021, Суббота
G’alaba muborak Paxtakorlik sportchilar
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар