Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Xalqaro turnirda tuman faxri Oybek Jo’rayev oltin medalga sazovor bo’ldi.

Xalqaro turnirda tuman faxri Oybek Jo’rayev oltin medalga sazovor bo’ldi.

20 февраль 2023 йил
135
0

 


 Joriy yilning 7-11 fevral kunlari Vengriyaning Deventsent shahrida 67-Xalqaro turniri bo’lib o’tdi. 5 kun davom etgan turnirda O’zbekiston terma jamoasining 2-tarkibi bilan qatnashgan vakillarimiz 6 ta medalni qo’lga kiritib 30 ga yaqin ishtirokchi davlatlar orasida munosib natijalarni qayt etdi. E’tiborlisi maskur musobaqada Jizzaxlik charm qo‘lqop ustalari ham sovrindorlar safidan o‘rin egallashdi. Osiyo va Yevropa davlatlarining qator jamoalari asosiy tarkib bilan ishtirok etgan musobaqada Paxtakorlik Oybek Jo‘rayev o‘z vazn toifasida tajribali raqiblarga qarshi jang olib bordi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan baxs yakuniga ko‘ra 54 kg vazn toifasida ishtirok etgan Oybek Jo‘rayev Oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 

Maskur musobaqada muofaqqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz o‘zi tug‘ilib o‘sgan Paxtakor tumanimizda tuman hokimi Asilbek Ashurov boshchiligida tantanali kutib olindi. Tuman hokimi yosh bokschimiz va uning murabbiylarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, sportchimizga estalik so‘vg‘alarni topshirdi. Boks sportini jadallik bilan rivojlanib borayotgan tumanimizda sportchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali bundanda yuqori natijalarni kiritish mumkinligini takidlab o‘tdi. Tuman rahbari sportchi va murabbiylar bilan muloqotda ularning bildirgan taklif va mulohazalarini tinglab boksni rivojlantirish yo‘lidagi bu takliflarni doimo qo‘llab quvatlashini bildirdi.

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар