Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Butun dunyo taraqqiyotning yangi — innovatsion yoʼlini tanlagan.

Butun dunyo taraqqiyotning yangi — innovatsion yoʼlini tanlagan.

02 февраль 2024 йил
106
0

 Oʼzbekiston ham bundan mustasno emas. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi «2022-2026 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʼgrisida»gi PF-165-sonli Farmoni qabul qilingan boʼlib unga muvofiq har bir viloyatlarning ayrim tumanlari innovatsion xududga aylantirilishi kuzda tutilgan. Shu munosabat bilan Paxtakor tuman hokimining 2022-yil 29-iyuldagi 211-3-52-Q/22-sonli qaroriga asosan tumanni innovatsion rivojlanishi bilan bogʼliq tadbirlarni belgilash, tashkil qilish va oʼtkazish hamda shu yoʼnalishdagi tashabbuskorlikni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhning 2024-yildagi ilk yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

 

Yigilish kun tartibiga quyilgan masalalar joriy yilda tumanning innovatsion muhitini yaxshilash, madaniy tadbirlarni tashkil etish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash, shuningdek “Аqlli mahalla”, “Аqlli taʼlim”, “Аqlli qishloq xoʼjaligi” tizimlarini eng quyi tizimlarda ishga tushirishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bundan tashqari professional hamda maktabgacha va maktab taʼlimi sohalarida rejalarimizni amalga oshirish orqali yoshlar ongida innovatsion muhit, innovatorlik tushunchasini anglay olishga xizmat qilishdan iborat. Jumladan professional taʼlim tizimida faoliyat yurituvchi o’qituvchilar orasida “Innovatsiya targʼibotidagi eng yaxshi maqola” tanlovi oʼtkaziladi, bunda 15 fevralga qadar mahalliy gazetalarida maqolalar chop etiladi va ishchi guruh tomonidan eng yaxshi maqola egasi har yili kuzda boʼlib oʼtadigan Innoweek-2024 tadbirida taqdirlanadi. Bu 2024 yildagi faoliyatimizni boshlanishi, yil davomida ishchi guruh tomondan amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар