Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » TАDBIRKORLIK SUBЪEKTLАRI MАNFААTLАRI QONUN HIMOYASIDА

TАDBIRKORLIK SUBЪEKTLАRI MАNFААTLАRI QONUN HIMOYASIDА

23 октябрь 2023 йил
128
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda «Oʼzbekiston - 2030» strategiyasi toʼgʼrisida»gi PF-158-son farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oʼzbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʼz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–300-sonli qarori qabul qilindi.
“Oʼzbekiston – 2030” strategiyasida 5 ta ustuvor yoʼnalishlar belgilangan:
- har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
- barqaror iqtisodiy oʼsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
- suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
- «xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Barqaror iqtisodiy oʼsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʼnalishi doirasida 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼektlariga miqdori 10 million soʼmdan yuqori boʼlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subʼekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanktsiyalarni faqatgina sud tartibida qoʼllash amaliyotini yoʼlga qoʼyish, 2024 yil 1 yanvardan boshlab: qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sugʼurtalashda sugʼurta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish tartibini joriy etish, «Izlanish va rivojlanish» (R&D) markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk soligʼi va yer soligʼi boʼyicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini toʼlash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash tartibini hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibini joriy etish belgilangan.
2023 yil noyabrga qadar tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qayta koʼrib chiqish va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish boʼyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish belgilangan boʼlib, hujjatda, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u sud maslahatxonaga kirgunga qadar soliqlar va yigʼimlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʼrnini toʼliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish hamda tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha tergov-sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subʼekti aʼzo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etishni belgilash nazarda tutilgan.


А.Urinov
Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар