Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » OʼZBEKISTON MАHАLLАLАR UYUSHhMАSINING PАXTАKOR TUMАN BOʼLIMIGА RАHBАRLAR SАYLАNDI

OʼZBEKISTON MАHАLLАLАR UYUSHhMАSINING PАXTАKOR TUMАN BOʼLIMIGА RАHBАRLAR SАYLАNDI

02 февраль 2024 йил
79
0

 Tuman hokimligining majlislar zalida mahallani qoʼllab-quvvatlash tuman Kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Tuman hokimi, Kengash raisi А.Аshurov boshqargan yigʼilishda hokim oʼrinbosarlari, mavjud mahalla fuqarolari yigʼinlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroridan kelib chiqqan vazifalar ijrosi yuzasidan chuqur tushuntirishlar berildi. Farmon va Qarorga binoan qator yangiliklar joriy etilayotgani toʼgʼrisida soʼz yuritildi. Xususan, “Mahalla yettiligi” tushunchasi rasman eʼlon qilingani, Vazirlar Mahkamasi tarkibida “Mahalla yettiligi” faoliyatini qoʼllab-quvvatlash boʼlimi tashkil etilgani, ayni paytda “Mahalla yettiligi”ning oʼzaro hamkorlikda ishlashi borasida mahalla raisining ragʼbatlantirish va jazolash boʼyicha vakolatlari mustahkamlangani, uning soʼroviga javob bermaslik yoki taqdimnomasida qoʼyilgan masalani koʼrib chiqmaslik uchun javobgarlik ham belgilanganligi, ularning vakolati 3 yildan 5 yilga uzaytirilgani ham taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʼzbekistonda hududlar, shahar va tuman Kengashlariga ega Respublika mahallani qoʼllab-quvvatlash Kengashi, Qoraqalpogʼiston, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman va shaharlar boʼlimlariga ega Mahallalar uyushmasi tashkil etilishi toʼgʼrisida ham aytib oʼtildi.

Shunga eʼtiboran, ayni paytgacha “Jizzaxsuvqurilish invest” DM direktorining iqtisodiy masalalar boʼyicha oʼrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Mamatqulov Rashid Lapasovich 3 oylik sinov muddati bilan hududimizda yangi tashkil etilgan Oʼzbekiston mahallar uyushmasining Paxtakor tuman boʼlimi boshligʼi lavozimiga tayinlandi.

 

Bundan tashqari, yigʼilishda Tugaev Xayrulla Pazilovichning Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasining Paxtakor tuman boʼlimi boshligʼi lavozimiga tayinlanganligi ham eʼlon qilindi.

Shu nuqtai nazardan, yigʼilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, mahalla yettiligi faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari ham muhokama etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар