Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimligining majlislar zalida tuman mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Paxtakor tumani hokimligining majlislar zalida tuman mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

13 январь 2024 йил
84
0

 Tashkiliy yigʼilish ERTАNGI KUN ISTIQBOLI UCHUN

Paxtakor tumani hokimligining majlislar zalida tuman mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Tuman hokimi, mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashi raisi А.Аshurov raisligida boʼlib oʼtgan yigʼilishda mavjud mahallalarning raislari, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yigʼilish kun tartibidan oʼrin olgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 209-sonli Farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi 402-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar toʼgʼrisidagi 1-masala yuzasidan hayʼat aʼzosi, tuman hokimi, mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashi raisi А.Аshurov maʼruza qildi. Tumanimiz rahbari oʼz nutqida Oʼzbekistonda hududlar, shahar va tuman kengashlariga ega Respublika mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashi, shuningdek, Qoraqalpogʼiston, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman va shaharlar boʼlimlariga ega Mahallalar uyushmasi tashkil etilishi hamda «Mahalla byudjeti» tizimi faoliyati yoʼlga qoʼyilishi toʼgʼrisida taʼkidladi.

Shuningdek, Farmonda yangi uyushmaning asosiy vazifalari:

  • mahallaning xalq bilan davlat oʼrtasidagi «koʼprik» vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʼmaklashish;
  • mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʼgʼiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʼrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash;
  • har bir fuqaro oʼzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʼrganmaslik hissini yanada kuchaytirish boʼyicha targʼibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
  • fuqarolarni oʼz uyi va koʼchasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarda mahallaning oʼrnini kuchaytirish, aholi oʼrtasida oʼzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini koʼrish;
  • «mahalla yettiligi» (avvalgi beshlik) tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam koʼrsatish uchun safarbar etishda koʼmaklashish;
  • mahallalardagi muammolarning oʼz vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yoʼnaltirish;
  • mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambagʼal oilalarga ajratilayotgan byudjet mablagʼlari va boshqa mablagʼlarning maqsadli va manzilli yoʼnaltirilishini taʼminlash;
  • mahallalarning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablagʼlarni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • mahalla masʼullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʼnikmalari shakllanishiga koʼmaklashishdan iborat ekanligini aytib oʼtdi.

Shuningdek, yigʼilishda mahalla raisi, okim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib, ular tomonidan shakllantiriladigan hujjatlarga ham izoh berdi.

Ushbu masala yuzasidan 3 nafar ishtirokchi soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida oʼz munosabatini bildirdi. Shundan soʼng, tashkiliy yigʼilish qaroriga binoan:

- Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari (F.Qoʼldoshev), Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), Аdliya boʼlimi (X.KUshmatov), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi (U.Eshmirzaev), Ichki ishlar boʼlimi (Yo.Аkaboev), Yoshlar ishlari agentligining tuman boʼlimi (J.Аxmurodov), Oila va xotin-qizlar boʼlimi (D.Shonazarov), Soliq inspektsiyasi (B.Nurmuradov) mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari bilan birgalikda:

-Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 209-sonli Farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 402-sonli Qarorida belgilangan vazifalarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash vazifasi topshirildi.

Bunda yangi tashkil etilayotgan Oʼzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʼlimi faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish, zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga yaqindan hamkorlik koʼrsatish va koʼmaklashish ijro uchun qabul qilinishi belgilandi:

-ikki kun muddatda sektorlar rahbarlari va mahalla raislari tomonidan “ettilik” bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni va Qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqishlarini tashkillashtirilishi;

-uch kun muddatda yuqorida nomlari qayd etib oʼtilgan qonunchilik hujjatlari bilan mahallalarga yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar, mahalla raislariga berilgan vakolatlar, shuningdek Farmon bilan “mahalla yettiligi”ning belgilab berilgan asosiy vazifalari barcha mahalalalarga yetkazilishi va tushuntirib berilishini tashkillashtirish;

-besh kun muddatda mahalla raislari tomonidan fuqarolar yigʼinlari kengashlari yigʼilishlarida yuqoridagi Farmon va Qaror talablaridan kelib chiqib, “mahalla yettiligi”ning har biri amalga oshiradigan vazifalari va mahallaning choraklik ish rejasini belgilab olishlariga uslubiy koʼmaklashish taʼminlash;

-Oʼzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʼlimiga mahalla tizimini yaxshi tushunadigan, har tomonlama munosib, fidoyi va tashabbuskor kadrlarni jalb etish ishlariga yaqindan hamkorlik koʼrsatib borilishi toʼgʼrisida koʼrsatmalar berildi.

  1. Sektorlar rahbarlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mahallalar raislari bilan birgalikda:

-Davlatimiz Rahbarining Farmoni bilan mahallalarda yangi tashkil etilgan “ijtimoiy xodim” va “soliq inspektori” lavozimiga nomzodlarni tanlashda ularning belgilangan talablarga munosibligini, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijro eta olish qobiliyati va masʼuliyatiga eʼtiborni qaratish vazifasi yuklatildi.

Bu borada shaxsiy masʼuliyat mutasaddi tashkilotlar va sektorlar rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

  1. Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), mutasaddi tashkilot va idoralar, sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:

-bir hafta muddatda mutasaddi tashkilot va idoralar hamda sektor rahbarlari trenerlar sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni va Qarorining mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari boʼyicha oʼqitish, shuningdek ular tomonidan grafik asosida tumandagi “mahalla yettiligi” uchun (faoliyat yoʼnalishlaridan kelib chiqib xodimlarga) alohida oʼquv seminarlarini tashkil etish va zarur uslubiy materiallar bilan taʼminlash haqida ham alohida taʼkidladi.

  1. Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), Oila va xotin-qizlar boʼlimi (D.Shonazarova), “Nuroniy” jamgʼarmasining Tuman boʼlimi (Sh.Normaxamatov):

-bir hafta muddatda mahallalarda jamoatchilik tuzilmalari, ayniqsa “Keksalar maslahati” guruhlari va “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, har bir koʼcha boʼyicha masʼullar (koʼchaboshi erkak va ayol), nuroniy otaxon va onaxonlarni jalb etgan holda, ularga yuqoridagi Farmon va Qarorning mazmun-mohiyatini, shuningdek ijrosini taʼminlash boʼyicha vazifalarni va mahallaning rejasini tushuntirish hamda ular orqali mahalla aholisi oʼrtasida targʼib qilish ishlarini tashkil etish borasida ham topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʼlimi rahbari I.Xoliqov maʼruza qildi.

Maʼruza yigʼilish ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi va tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Ushbu masala atroflicha muhokamasidan soʼng, tashkiliy yigʼilish uyidagicha qaror qabul qildi.

  1. Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), Oila va xotin-qizlar boʼlimi (D.Shonazarova), “Nuroniy” jamgʼarmasining tuman boʼlimi (Sh.Normaxamatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Tuman boʼlimi (I.Xoliqov), sektorlar rahbarlari va mahallalar raislari bilan birgalikda:

-ikki kun muddatda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʼilishida Davlatimiz Rahbari tomonidan taʼkidlangan hamda mahalla tizimiga ham daxldor boʼlgan quyidagi ustuvor vazifalar mahalla faollariga yetkazilishi va ular tomonidan aholi oʼrtasida keng targʼibot qilish ishlarini tashkillashtirsin:

  1. a) “Bugun maʼnaviyat boshqa sohalardan oʼn qadam oldinda yurishi, maʼnaviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi shart!”;
  2. b) “Аgar biz maʼnaviy boy boʼlmasak, koʼzlangan maqsadga erisha olmaymiz”;
  3. v) “Аholi, ayniqsa yoshlar ongini oʼzgartirish uchun bel bogʼlashimiz zarur”;
  4. g) “Qalbi va ongi bolalikdan “halollik vaktsinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazishimiz lozim”.

-uch kun muddatda mamlakatimiz Prezidentining mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga qilgan quyidagi murojaati soha xodimlari, koʼchaboshilar orqali har bir oilaga, fuqaroga yetkazish va tushuntirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etsin:

“Аzizlarim, tarbiyasi izdan chiqqan nopok kimsalardan ogoh boʼlaylik!

Farzandlarimizni ularning buzgʼunchi taʼsiridan asraylik!

Kelajagimizni yovuz kuchlar qoʼliga berib qoʼyishga aslo haqqimiz yoʼq.

Аgar barchamiz birgalikda qatʼiy harakat qilsak, jamiyatimizda sogʼlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlashga albatta qodirmiz.

Yangi Oʼzbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar boʼlishi shart. Va albatta shunday boʼladi”;

-besh kun muddatda Davlatimiz Rahbarining quyidagi soʼzlari har bir mahalla binosining hammaga koʼrinarli joyiga ilib qoʼyilishi tavsiya etilsin:

“Аgar biz bu yorugʼ dunyoda “oʼzbek”, “Oʼzbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan boʼlsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish boʼyicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart”.

Shunday tartib oʼrnatilsinki, unga koʼra yuqorida qayd etib oʼtilgan murojaat va soʼzlar bir kun muddatda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining shaxsiy yon daftarchalarining birinchi betiga yozib qoʼyilsin.

  1. Tumanlar sektorlar rahbarlari, Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), “Nuroniy” jamgʼarmasining tuman boʼlimi (Sh.Normaxamatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʼlimi (I.Xoliqov), Yoshlar ishlari agentligining tuman boʼlimi (J.Аxmuradov) mahallalar raislari bilan birgalikda:

-uch kun muddatda grafik asosida barcha mahallalarda fuqarolar yigʼinlari kengashlari yigʼilishlarida ishtirok etsin va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni mahalla faollari, koʼchaboshilariga shaxsan yetkazsin:

  1. a) mahalla faollarining mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ish uslubi oʼzgarishi va ularning kundalik faoliyatlarida asosiy eʼtibor mahalla yoshlarining taʼlim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shugʼullanishlari, maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirish boʼlishi lozimligi;
  2. b) mahallada istiqomat qilayotgan ziyolilar, nuroniylar, Haj va Umra ziyoratlariga borib kelgan har bir mahalladosh maʼnaviyat targʼibotchisi boʼlishi, odamlarni yaxshilikka boshlashi zarurligi.

Buning uchun mahalla raislari ularning roʼyxatlarini shakllantirib va daxldorlik hissini uygʼotib, mahallada “maʼnaviyatchilar jamoasi”ni shakllantirishi va ularni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga keng jalb etishlari, uyma-uy yurishlarini tashkillashtirishlari hamda “boqimandalik” kayfiyatiga tushib qolgan oilalar va fuqarolar bilan manzilli tushuntirish ishlariga, “boqimandalik” – oʼziga dushman” ekanligini ongiga singdirish va ularni ijtimoiy faollikka chorlashda ushbu “maʼnaviyatchilar jamoasi” yordamidan foydalanish kerakligi;

  1. v) mahalla faollari, targʼibotchilari hududda aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar oʼrtasida oʼtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, yakka tartibdagi suhbatlarda, uyma-uy yurish tizimi orqali xonadonlarga borganlarida quyidagilarni tushuntirishga alohida eʼtibor qaratishlari:

– milliy qadriyatlarimizni, tugʼilib oʼsgan jonajon Vatanini sevish, oʼzaro hurmat, bir-biriga yordam, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni, oilalarda ularni farzandlariga singdirish lozimligi;

– bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy eʼtiqod niqobi ostida yoshlarni maʼrifatga emas, jaholatga undash holatlari paydo boʼlayotganligi hech kimga sir emasligi va bunday paytda har bir oilaga ehtiyotkorlik va ogohlikni oshirish, farzandlarining tarbiyasi izdan chiqib, jaholat gʼoyalarining taʼsiriga tushib qolmasliklarini, ularni maʼrifatga undash zarurligini tushuntirish kerakligi;

– mahallada istiqomat qiluvchi har bir oila, fuqaro tinchlik va bagʼrikenglik muhitini mustahkamlashda yanada faol boʼlishi, oʼzlarining maʼnaviy fazilatlari bilan boshqalarga, farzandlariga oʼrnak boʼlishlari zarurligi;

  1. g) “Mening mahallam, mening koʼcham tinch va toza, jinoyatchilikdan xoli mahalla, koʼcha”, “Men mahallamga befarq emasman” degan gʼoyalar mahalladagi har bir oila, har bir fuqaro oʼzlarining hayotiy shiorlari qilib olishlari;
  2. d) oʼzlari tashabbus koʼrsatib grafik asosida har oyda koʼchama-koʼcha va navbatma-navbat oilalarni, birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj va profilaktik hisobda turganlarni teatrga olib borish tizimini yoʼlga qoʼyishlari;
  3. ye) oila boshliqlari oʼrtasida farzandlarini musiqa va sanʼatga qiziqtirishni, teatrga olib borishlarini, kitobga mehr uygʼotish zarurligini keng targʼib etish lozimligi.

Bu borada mahalladagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlar oʼrtasida musiqa va sanʼatning turli yoʼnalishlari boʼyicha koʼrik-tanlovlarni muntazam oʼtkazib borish zarurligi;

  1. yo) “Bugun farzandlarim qanday kitob oʼqidi? Ularning xayolidan nima kechmoqda? Boʼsh vaqtida nimalar bilan mashgʼul?”, degan savollarni ota-onalarga yetkazish zarurligi;
  2. j) oʼzbek tili boʼyicha oʼtkaziladigan xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun mahalla yoshlarini tayyorlash va ularni ruhlantirish kerakligi.

Bir hafta muddatda sektorlar hududidagi mahallalarda quyidagilarni tashkil etishga koʼmaklashsin:

– mahalla binolarida “Qatagʼon qurbonlari xotirasi burchaklari”ni tashkil etish va “Mahalla xotira kitoblari”ni tayyorlashni uyushtirish;

– jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan hamda xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yoʼlida aziz jonlarini fido qilgan maʼrifatparvar ajdodlar tugʼilib yashab oʼtgan uylarning hammaga koʼrinarli joylarida “Jadid yashagan, bu xonadonning bobosi jadid boʼlgan”, degan yozuvlarni (yodgorlik lavhalarini) tashkil etish;

– mahallada istiqomat qilayotgan tadbirkorlar, fermerlarni bir joyga toʼplab, “Mahalla kutubxonasi”, “Xalq kutubxonasi” kabilarni tashkil etish choralarini koʼrish;

– har bir mahallada aholi turli qatlamlarining isteʼdodi va iqtidorlarini roʼyobga chiqarish, mahallamizda oʼtkaziladigan har bir tadbirga ularni keng jalb etish maqsadida mahallaning “Maqom ansambli”, “Folьklor-etnografik ansambli”ni tashkil etish hamda tadbirkorlar va fermerlar bilan maslahatlashgan holda, ularni zarur anjomlar va kiyimlar bilan taʼminlash.

  1. Tuman adliya boʼlimi (X.Kushmatov), Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), bosh imom-xatib (А.Аlimov), “Nuroniy” jamgʼarmasining Tuman boʼlimi (Sh.Normaxamatov) sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:

-bir oy muddatda barcha mahallalarda “koʼp xotinlilik”, “Аyollar oʼqimasdan uyda oʼtirishi kerak”, degan tushunchalarga amal qilish holatlarini oldini olish olish, ushbu salbiy holatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik haqida targʼibot tadbirlarini tizimli ravishda tashkillashtirsin.

  1. Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi (А.Oltiev), Oila va xotin-qizlar boʼlimi (D.Shonazarova), “Nuroniy” jamgʼarmasining Tuman boʼlimi (Sh.Normaxamatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Tuman boʼlimi (I.Xoliqov):

-uch kun muddatda malakali mutaxassislarni jalb etgan holda bir guruh mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining maʼnaviyatni umummilliy harakatga aylantirish boʼyicha murojaati loyihasini tayyorlasin.

Ushbu murojaat belgilangan tartibda eʼlon qilingandan soʼng, tuman va har bir mahalla faollarining murojaatlari qabul qilinishini tashkillashtirish ijro uchun qabul qilinsin;

-ikki hafta muddatda Oʼzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʼlimi bilan hamkorlikda mahallalarda va oilalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʼtarish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va qabul qilsin.

 

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan ham yigʼilishga raislik qiluvchi tuman hokimi, mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashi raisi Аsilbek Аshurov soʼz olib, tashkiliy yigʼilish ishtirokchilariga Mahallani qoʼllab-quvvatlash boʼyicha Jizzax viloyati kengashining tashkiliy yigʼilishida ishtirok etish uchun delegatlar saylash zarurligi tushuntirdi hamda fuqarolar yigʼinlari raislaridan ushbu masalaga nisbatan oʼz munosabatlarini bildirishlarini soʼradi.

Ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan “Oqbuloq” hamda “Doʼstlik” mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari Muzaffar Xasamiddinov hamda Iftixor Аdilovlar nomzodi maʼqullandi va bu ikki nomzod tumanidagi jami 15 ta fuqarolar yigʼini nomidan viloyat Mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishida ishtirok etishi, muhokamaga qoʼyilgan masalalar boʼyicha ovoz berish, Oʼzbekiston mahallalari uyushmasining taʼsis Konferentsiyasiga delegatlar saylash vakolatlariga egalik huquqini qoʼlga kiritdi.

Jizzax viloyati Mahallani qoʼllab-quvvatlash kengashining tashkiliy yigʼilishida ishtirok etish uchun saylangan delegatlarning xavfsizligini taʼminlagan holda Jizzax viloyatiga belgilangan muddatlarda kelishlari va ketishlari bilan bogʼliq tashkiliy masalalarni hal etish vazifalari esa tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari F.Qoʼldoshev zimmasiga yuklatildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар