Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzax viloyat prokurorining oʼrinbosari adliya katta maslahatchisi T.Yu.Xudoyberdievning Paxtakor tumanida sayyor qabuli boʼlib oʼtdi

Jizzax viloyat prokurorining oʼrinbosari adliya katta maslahatchisi T.Yu.Xudoyberdievning Paxtakor tumanida sayyor qabuli boʼlib oʼtdi

10 январь 2024 йил
52
0

 Sayyor qabulda tuman hokimining oʼrinbosari O.Аmanov, tuman IIB boshligʼi Yo.Аkaboev, viloyat prokuraturasi tegishli tarkibiy tarmoq rahbarlari, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi xodimlari, viloyat va tuman tashkilot muassasalari masʼul xodimlari, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillari ishtirok etdilar.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomilashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli Qarori va 17.01.2019 yildagi “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5633-sonli Farmoni, 03.12.2021 yildagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da PQ 31-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda ijrosini taʼminlash borasidagi ishlar ahvoli yuzasidan.

Sayyor qabul boshlanishida Paxtakor tumani 2-sektoriga kiruvchi mahallalarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida bajarilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim boʼlgan vazifalar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtildi.

Shundan soʼng, viloyat prokurorining oʼrinbosari T.Xudoyberdiev soʼzga chiqib, sayyor qabulda aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni aniqlashda bu kabi sayyor qabullarning oʼrni yuqori ekanligi aytib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarning dastur va rejalarini shakllantirilishida albatta fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarning eʼtiborga olinishi zarurligi taʼkidlab oʼtdi.

T.Yu.Xudoyberdiev oʼz maʼruzasida davlatimiz rahbarining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102-sonli Qarori bilan aholi muammolari bilan ishlash, davlat organlari va aholi oʼrtasida shaffoflikni taʼminlash borasida prokuratura organlariga ham bir qator vazifalar yuklanib, vertikal boshqaruv tizimi joriy qilindi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat 2-sektorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Paxtakor tumani prokuror sektoriga kiruvchi 3 ta mahalla (“Paxtakor, Olmazor va Suvonobod MFY)da jami 18.759 nafar aholi istiqomat qilib, shundan erkaklar 9.578 nafarni, xotin-qizlar 9.181 nafarni, yoshlar 8.618 nafarni tashkil etadi.

2023 yil mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 215 nafar yoshlarning barchasini muammolari toʼliq hal etilib, daftardan chiqarilishi taʼminlandi.

Xususan, 9 nafar yoshlarga 2,7 gektar yer maydonlari ajratildi, 48 nafari yoshlarning 165,3 mln.soʼmlik kontrakt toʼlovi toʼlab berildi, 12 nafar yoshlarga 94,3 mln.soʼmlik mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi, 9 nafar yoshlar “Kelajak kasblari”ga oʼqitildi, 36 nafariga psixologik xizmatlar koʼrsatildi, 6 nafariga 20 mln.soʼmlik tibbiy xizmatlar koʼrsatildi, 4 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi badali uchun 19.4 mln.soʼm toʼlab berildi, 2 nafariga haydovchilik guvohnomasi olib berildi, 12 nafariga “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 147,7 mln.soʼm kredit ajratildi, 4 nafariga fuqarolik pasporti olib berildi, qolgan 73 nafar yoshlarning ham turli muammolari hal etilib “Yoshlar daftari”dan chiqarildi. Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlar doimiy eʼtiborimizda boʼlib, bu kabi hayrli ishlar uzluksiz davom ettiriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2023 yilda “Аyollar daftari”ga 665 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar kiritilgan boʼlib, shundan, 663 nafariga turli xil yordamlar koʼrsatilgan.

Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda xotin-qizlar faollarining amaliy yordamini alohida eʼtirof etish lozim.

 

Bundan tashqari, aholining yoʼl bilan bogʼliq va boshqa ijtimoiy muammolarini hal etishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

2023 yil davomida sektor hududidagi jami 2,1 km. tuproq yoʼllar shagʼallashtirildi, 2,9 km. asfalt-beton yotqizildi, 0,9 km. yangi suv tarmogʼi tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida ham koʼplab ishlar olib borilmoqda.

Shundan soʼng, ishtirok etgan 71 nafar fuqarolardan, murojaat qilgan 16 nafarining taklif-mulohazalari hamda murojaatlari tinglanib, 10 tasi joyida qanoatlantirildi va qolgan 6 tasi boʼyicha oʼrganish lozimligi sababli muddat belgilandi.

Sayyor qabul yakunida, raislik qiluvchi tomonidan tuman 2-sektor shtab aʼzolariga zarur topshiriq hamda koʼrsatmalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Viloyat prokurorining katta yordamchisi

1-darajali yurist Sh.O.Mamarahimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар