Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman Yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING

Paxtakor tuman Yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan BRIFING

09 февраль 2024 йил
61
0

 Paxtakor tuman hududidan oʼtuvchi umumiy foydalanuvdagi jami 144 km avtomobil yoʼllari mavjud boʼlib shundan, Halqaro ahamiyatidagi avtomobil yoʼllar 23 km Davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʼllar 48 km Mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yoʼllar 73 kmni tashkil etadi. Jumladan, Paxtakor tuman yoʼllardan foydalanish davlat muassasasi, Jizzax viloyati avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi bilan 2024 yilning I–choragida quyidagi, saqlash ishlari uchun 568,4 mln soʼmlik va qishki qarov ishlari uchun 15,0 mln soʼmlik jami 583,4 mln soʼmlik pudrat shartnomalari tuzildi. Joriy yilning yanvar oyida mavjud avtomobil yoʼllarida saqlash ishlari uchun 185,3 mln soʼmik va kuz – qish mavsumida harakat xavfsizligini taʼminlash va haydovchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida qishki qarov ishlari uchun 15,0 mln soʼmlik jami 200,3 mln soʼmlik ishlar amalga oshirildi. Korxonamiz tomonidan joriy yilning yanvar oyida 4R-32 “Jizzax sh – Paxtakor sh – “Jizzax-Chimqurgʼon” avtomobil yoʼlining 75 kmdagi chorrahani kengaytirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, tuman hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʼllarining 45 kilometrida taʼmirlash ishlari va yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 2024 yilda 4R35 “Jizzax sh (4R38 avtoyoʼli) – Paxtakor sh – Doʼstlik sh – Gagarin sh – M-39 (918km) avtomobil yoʼlining 31,6 kmdagi Sarkisov kanali ustidan oʼtuvchi koʼprikni taʼmirlash rejalashtirilgan. 2024 yilda tuman hududidan oʼtuvchi umumfoydalanuvdagi halqaro va davlat ahamiyatdagi avtomobil yoʼllariga elektron panellar hamda yuqori vaznli yuk avtomobillarining ogʼirligini o'lchash uchun ko'chma elektron tarozilar oʼrnatish rejalashtirilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda obodonlashtirish ishlari
07 февраль 2024, Среда
Paxtakorda obodonlashtirish ishlari
Soliqning majburiy undiruvi davom etmoqda.
13 ноябрь 2023, Понедельник
Soliqning majburiy undiruvi davom etmoqda.
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
15 август 2023, Вторник
Paxtakorda yoʼllar ravon koʼngillar farovon boʼlmoqda
Yo'llarga qum, shebin tuz aralashmalari sepilmoqda
13 январь 2023, Пятница
Yo'llarga qum, shebin tuz aralashmalari sepilmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар