Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Hokim kubogiga start berildi.

14 февраль 2024 йил
58
0

     So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekistonda futbolni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 14 fevral kuni “Hokim kubogi”ga start berildi.

   Yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish va rivojlantirishga ko’mak beradigan ushbu tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Fazliddin Qo’ldashev so’zga chiqib, jamoalarga omadlar tiladi.

Shundan so‘ng jamoalar o‘zaro maydonda bellashuvni boshladi. Dastlabki o‘yin tuman Irrigasiya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi jamoasi o‘rtasida kechdi. O‘yin Irrigasiya bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi jamoasining 0:8 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

 

 

 

 


 

 

 


 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар