Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “DXX raisi kubogi” tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

“DXX raisi kubogi” tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

26 май 2023 йил
125
0

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi “Mahallalardagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 92-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorida Yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb qilish belgilangan. Shu munosabat bilan  Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish maqsadida 2023 yil 10 apreldan boshlab “Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi doirasida mahallalardagi 16-30 yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Katta futbol” va “Mini futbol”, qizlar o‘rtasida “Mini futbol” turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi va quydagi natijalar qayd etildi. Muaffaqiyatga erishib kelayotgan iqtidorli yoshlarni taqdirlash uchun sektor raxbarlari va Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul hodimlari tomonidan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

              

 O‘g‘il bolalar o‘rtasida “Katta futbol” turi bo‘yicha

  • o‘rin tuman bosqichi g‘olibi “Paxtakor” mahallasi futbol jamoasi,
  • pog‘onani “Bog‘ishamol” mahallasi futbol jamoasi,
  • o‘rinni “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi futbol jamoasi qo‘lga kiritdi.

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida “Mini futbol” turi bo‘yicha

  • o‘rin tuman bosqichi g‘olibi “Dilorom” mahallasi futbol jamoasi,
  • o‘rin uchun “Olmazor” mahallasi futbol jamoasi,
  • o‘ringa “Do‘stlik” mahallasi futbol jamoasi,

 

Qiz bolalar o‘rtasida “Mini futbol” turi bo‘yicha

  • o‘rin tuman bosqichi g‘olibi “Samarqand” mahallasi qizlar futbol jamoasi,
  • o‘rin uchun “Paxtakor” mahallasi qizlar futbol jamoasi,
  • o‘ringa “Bog‘ishamol” mahallasi qizlar futbol jamoasi,

 

Bundan tashqari, DXX Raisi kubogining tuman bosqichida ishtirok etgan 15 ta mahalla jamoalari 9ta jamoa a’zolariga sport kiyimlari, sport anjomlari,  zamonaviy TV, Redmi telefonlar hamda diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Taqdirlash marosimi tumanimizning taniqli xush ovoz xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Ta’kidlash lozimki, “millionlar o‘yini” nomini olgan ushbu sport turini mamlakatimizda rivojlantirish ishlariga hissa qo‘shish, joylarda yangi-yangi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni futbolga faol jalb etish maqsadida DXX Raisi kubogi musobaqalari yurtimizdagi barcha o‘g‘il-qizlarni keng qamrab olmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар