Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida 84,6 foiz bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan

Paxtakor tumanida 84,6 foiz bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan

23 февраль 2024 йил
70
0

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Dilorom” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi rekonstruksiya qilinib, to‘liq yangilandi.

Yangi binoning ochilish marosimida tuman rahbarlari, faxriylar, mahalla ahli, ota-onalar, MTT mudiralari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishga berilayotgan e’tibor bolajonlarning kelajakda barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun qilinayotgan g‘amxo‘rlik ekani ta’kidlandi.

150 o‘rinli muassasadagi dam olish, o‘yin xonalari, oshxona, sayrgoh va sport maydonchalari barcha zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.  

- Yangi qiyofa kasb etib turgan ushbu binomiz 1978 yilda barpo etilgan, shundan buyon biron marta ta’mirlanmagan edi, - deydi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Madina Turg‘unova. - Endilikda muassasada ilg‘or ta’lim-tarbiya uslublari joriy etilib, kichkintoylar zamonaviy ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

Hozirda Paxtakor tumanida yuzta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, shundan 14 tasi davlat, 3 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida hamda 83 tasi oilaviy MTT hisoblanadi. Hududdagi 3-7 yoshli bolalar soni esa 6 ming 610 nafarni tashkil etib, ulardan 5 ming 590 nafari, ya’ni 84,6 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Jamshid YORBEKOV (surat, video), O‘zA

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар