Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ochiq muloqat

Paxtakor tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Ochiq muloqat

15 февраль 2024 йил
103
0

 Paxtakor tumanida 2022-2023-oʼquv yilida tumanda jami 799 nafar oʼquvchi bitirdi. Shundan 760 nafar bitiruvchi oliy talim muassasasiga xujjat topshirdi, shundan 39 nafari hujjat topshirmadi.

 

Jumladan, maktablar kesimida quyidagicha:

Oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirmagan 39 nafar oʼquvchi tahlil qilinganda texnikumga hujjat topshirgani va oʼzini-oʼzi band qilinganligi aniqlandi. 2023 yil oliy taʼlim muassasasiga kirish koʼrsatgichlari quyidagicha;

 

 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishlarini yaxshi tashkil etish lozim.

            Bitiruvchi sinf oʼquvchilariga oliy taʼlimda oʼqishi lozimligi va oliy maʼlumotli kadr boʼlib yetishishi hamda uning ahamiyatlari toʼgʼrisida aniq tushunchalar berishi maqsadga muvofiq boʼladi.

            Аyrim maktablarda taʼlim sifati past darajada boʼlganligi tufayli, 14-18-umumiy oʼrta taʼlim maktablarida oʼquvchilarning oliy taʼlimga kirishi talab darajasida emas. Taʼlim sifatining oshirilishiga eʼtiborni kuchaytirish lozim.

 

2023-2024 oʼquv yili uchun tumandagi 19 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablariga jami 1782 nafar oʼquvchi qabul rejasi belgilangan boʼlib shundan 1617 nafar 1-sinflarga oʼquvchilar adm.maktab.uz platformasiga orqali qabul qilindi. 1617 nafar 1-sinflarga qabul qilingan oʼquvchilarga 12 turdagi Prezident sovgʼalari oʼz vaqtida yetkazib berildi. 165 ta ortib qolgan Prezident sovgʼalari Jizzax shahar lagistika markaziga qaytarildi (yuk xati ilova qilinadi).

 

2023 yil 6 oy davomida (yanvar, sentyabr oylari) e-shahodatnoma platformasiga fuqarolar tomonidan my.gov.uz sayti orqali 140 ta arizalar yuborilgan.

Shundan 76 ta ariza ijobiy xulasa berilgan va 41 ta ariza fuqarolar tomonidan bekor qilingan. 17 ta ariza rad etilgan. Sababi yuborilgan ariza turli sabablarga koʼra xato yuborilgan.

Bunda arizachining familiyasi, ismi yoki sharifi notoʼgʼri kiritilganligi sababli rad etilgan. Tegishli maʼlumotlarni e-shahodatnoma platformasiga fuqarolar tomonidan my.gov.uz sayti orqali yuborilishining, toʼgʼri yuborish haqida fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilishi kerak. Fuqarolarda yetarli darajada tushuncha boʼlmaganligi sababli ularda xato va kamchiliklar yuzaga kelgan.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli oʼquvchilar oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʼqitsh boʼyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʼgʼrisida”gi 562-sonli qarori, Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-02/5-1692-sonli xatining hamda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01-01/5-1453-sonli xati va Paxtakor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimining 2023 yil 11 oktyabrdagi 675-3-52-XT/2023-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichi tumandagi 13-umumiy oʼrta taʼlim maktabida (bundan keyin olimpiada deb yuritiladi) oʼtkazildi.

 

2023 yil 17 oktyabr kuni tarix va geografiya fanlaridan 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida olimpiada Nizom asosida oʼtkazildi. Olimpiadaning birinchi kuni tarix fanidan jami 74 nafar, geografiya fanidan jami 60 nafar oʼquvchi ishtirok etishdi. Tarix fanidan 4-maktabning 9-sinfdan 1 nafar, 10-sinfdan 2 nafar, 11-sinfdan 2 nafar, 18-maktabning 10-sinfdan 1 nafar va kasb-xunar maktabidan 1 nafar jami 7 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi.

Tarix fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-3-oʼrinlarni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Tarix fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 9-maktab va 3-oʼrinni 8-maktab oʼquvchisi egalladi. Tarix fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 9-maktab oʼquvchilari 3-oʼrinni kasb-xunar maktabi oʼquvchisi egalladi.

Geografiya fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 9-maktab oʼquvchilari 3-oʼrinni 8-maktabning oʼquvchisi egalladi. Geografiya fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 8-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchisi egalladi. Geografiya fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-3-oʼrinlarni 8-maktab oʼquvchilari 2-oʼrinni 12-maktabning oʼquvchisi egalladi.

2023 yil 18 oktyabr kuni ingliz tili fanidan 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida olimpiada Nizom asosida oʼtkazildi. Olimpiadaning ikkinchi kuni ingiliz tili fanidan jami 81 nafar oʼquvchi ishtirok etishdi. Ingiliz tili fanidan 20-maktabning 9-sinfdan 1 nafar, 4-maktabning 10-sinfdan 2 nafar, 18-maktabning 10-sinfdan 1 nafar, 8-maktabning 1-sinfdan 1 nafar va kasb-xunar maktabidan 2 nafar jami 7 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi.

Ingiliz tili fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 9-maktab, 2-oʼrinni 12-maktab va 3-oʼrinni 8-maktab oʼquvchilari egalladi. Ingiliz tili fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-3-oʼrinlarni 8-maktab va 2-oʼrinni 9-maktab oʼquvchlarisi egalladi. Ingiliz tili fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 9-maktab, 2-oʼrinni 3-maktab va 3-oʼrinni 11-maktab oʼquvchilari egalladi.

2023 yil 19 oktyabr kuni kimyo va rus tili va adabiyoti fanlaridan 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida olimpiada Nizom asosida oʼtkazildi. Olimpiadaning uchinchi kuni kimyo fanidan jami 72 nafar, rus tili va adabiyot fanidan jami 61 nafar oʼquvchi ishtirok etishdi. Kimyo fanidan 7-maktabning 9-sinfdan 1 nafar, 4-maktabning 10-sinfdan 2 nafar jami 3 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi. Rus tili va adabiyot fanidan 1-maktabning 9-sinfdan 2 nafar, 4-maktabning 9-sinfdan 2 nafar, 1-maktabning 10-sinfdan 1 nafar, 4-maktabning 10-sinfdan 2 nafar, 15-maktabning 10-sinfdan 1 nafar, 18-maktabning 11-sinfdan 1 nafar, va kasb-xunar maktabidan 2 nafar jami 11 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi.

Kimyo fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-3-oʼrinlarni 9-maktab oʼquvchilari 2-oʼrinni 11-maktabning oʼquvchilari egalladi. Kimyo fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 9-maktab, 2-oʼrinni 15-maktab va 3-oʼrinni 6-maktab oʼquvchilari egalladi. Kimyo fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 1-maktab, 2-oʼrinni 13-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi.

Rus tili va adabiyot fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 18-maktab, 2-oʼrinni 2-maktab va 3-oʼrinni 6-maktab oʼquvchilari egalladi. Rus tili va adabiyot fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 9-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Rus tili va adabiyot fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 2-maktab, 2-oʼrinni 4-maktab va 3-oʼrinni 15-maktab oʼquvchilari egalladi.

2023-yil 20-oktyabr kuni biologiya, fizika va infarmatika va АK fanlaridan 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida olimpiada Nizom asosida oʼtkazildi. Olimpiadaning toʼrtinchi kuni biologiya fanidan jami 78 nafar, fizika fanidan jami 67 nafar va infarmatika va АK fanidan 68 nafar oʼquvchilar ishtirok etishdi. Biologiya fanidan 2-maktabning 10-sinfdan 1 nafar oʼquvchi ishtirok etmadi. Fizika fanidan 8-maktabning 10-sinfdan 1 nafar va 16-maktabning 11-sinfdan 1 nafar jami 2 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi. Infarmatika va АK fanidan 4-maktabning 9-sinfdan 1 nafar oʼquvchi ishtirok etmadi.

Biologiya fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 1-maktab, 2-oʼrinni 7-maktab va 3-oʼrinni 12-maktab oʼquvchilari egalladi. Biologiya fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 9-maktab va 3-oʼrinni 13-maktab oʼquvchilari egalladi. Biologiya fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 6-maktab, 2-oʼrinni 13-maktab va 3-oʼrinni 8-maktab oʼquvchilari egalladi.

Fizika fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 4-maktab, 2-oʼrinni 13-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Fizika fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 9-maktab, 2-oʼrinni 18-maktab va 3-oʼrinni 11-maktab oʼquvchilari egalladi. Fizika fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 5-maktab, 2-oʼrinni 6-maktab va 3-oʼrinni 1-maktab oʼquvchilari egalladi.

Infarmatika va АK fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 19-maktab, 2-oʼrinni 20-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Infarmatika va АK fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 7-maktab, 2-oʼrinni 9-maktab va 3-oʼrinni 8-maktab oʼquvchilari egalladi. Infarmatika va АK fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 5-maktab, 2-oʼrinni 9-maktab va 3-oʼrinni 19-maktab oʼquvchilari egalladi.

2023 yil 21 oktyabr kuni matematika, ona tili va oʼzbek tili fanlaridan 9-10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida olimpiada Nizom asosida oʼtkazildi. Olimpiadaning beshinchi kuni matematika fanidan jami 82 nafar, ona tili fanidan jami 79 nafar va oʼzbek tilidan fanidan 3 nafar oʼquvchilar ishtirok etishdi. Metematika fanidan 11-maktabning 9-sinfdan 1 nafar, 16-maktabning 11-sinfdan 1 nafar, 19-maktabning 11-sinfdan 1 nafar va kasb-xunar maktabidan 2 nafar jami 5 nafar oʼquvchilar ishtirok etmadi. Ona tili fanidan 4-maktabning 9-sinfdan 1 nafar, 1-maktabning 10-sinfdan 2 nafar, 1-maktabning 11-sinfdan 1 nafar, 8-maktabning 10-sinfdan 1 nafar va kasb-xunar maktabidan 1 nafar jami 6 nafar oʼquvchi ishtirok etishmadi.

Matematika fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 12-maktab, 2-oʼrinni 8-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Metematika fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 1-maktab, 2-oʼrinni 16-maktab va 3-oʼrinni 9-maktab oʼquvchilari egalladi. Matematika fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-oʼrinlarni 1-maktab va 3-oʼrinni 12-maktab oʼquvchilari egalladi.

Ona tili fanidan 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 4-maktab, 2-oʼrinni 12-maktab va 3-oʼrinni 11-maktab oʼquvchilari egalladi. Ona tili fanidan 10-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-oʼrinni 8-maktab, 2-oʼrinni 17-maktab va 3-oʼrinni 7-maktab oʼquvchilari egalladi. Ona tili fanidan 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida 1-2-3-oʼrinlarni 9-maktab oʼquvchilari egalladi.

Oʼzbek tili fanidan 9-10-11-sinflardan 2-maktabning 3 nafar oʼquvchi ishtirok etdi xamda 1-oʼrinni egallashdi.

 

2022-2023 oʼquv yilida 1104 nafar 9-sinf va 799 nafar 11-sinf bitiruvchilardan 9-sinfda 1055 nafari oddiy va 45 nafari aʼlo darajali shaxodatnoma bilan yakunlashgan. 9-maktabning 3 nafar 9-sinf oʼquvchilari yakuni imtixonlardan oʼta olmaganligi uchun shaxodatnoma berilmadi va sinfdan sinfga qoldirildi.

2022-2023 oʼquv yilida Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining bitiruvchilariga attestat, shahodatnoma va sertifikatlar berilishi bilan bogʼliq E-shahodatnoma bazasi faoliyatini muvofiqlashtirish, 11-sinf bitiruvchilarini pasport maʼlumotlarini E-shahodatnoma bazasiga 2022-2023 oʼquv yilida 799 nafar 11-sinf bitiruvchilarning E-shahodatnoma platformasiga 100% pasport maʼlumotlari kiritilgan.

 

2023 yil 23 avgust kuni “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” yalpi yigʼilish tuman moliya boʼlimi yigʼilioʼlar zalida boshlandi. Yalpi yigʼilishga ijtimoiy soxa boʼyicha tuman xokimining oʼrinbosari F.Qoʼldoshev, 5 nafar faxriy ustozlar, Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazi 3 nafar fan metodisti, tumandagi 19 ta umumiy oʼrta taʼlim maktabi direktorlari, maktab maʼnaviy maʼrifiy ishlar va oʼquv ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarlar va 14 ta maktabgacha va maktab taʼlimi direktori xamda 80 nafar pedagoglar taklif qilindi.

Yalpi yigʼilishni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi boshligʼi M.Turgʼunova ochib berdi.

Bugungi jamiyatda pedagoglarning obroʼ - eʼtiborini oshirish ularning shaʼni, qadr -qimmatini yuksaltirish borasida koʼpgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan soʼngi besh yilda taʼlim va tarbiya jarayonlarini tartibga solish borasida 105 ta normativ hujjatlar imzolandi. Jumladan, 2 ta Qonun, Prezidentimizning 37 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 66 ta qarori qabul qilindi. Oʼqituvchilarimiz majburiy mehnat va oʼz kasbiga aloqador boʼlmagan ishlardan ozod etildi. Ish faoliyatida faqat taʼlim va tarbiya bilan shugʼullanishlari uchun sharoitlar yaratildi. Oʼqituvchilarning oylik maoshlari 2 barobarga oshirildi va qoʼshimcha ragʼbatlantirish mexanizmlari joriy etildi.

Joriy yil boshidan umumtaʼlim maktablarining 8 nafar malakali oʼqituvchilari Vazir jamgʼarmasi uchun belgilangan ikki bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtib 5.060.000 soʼm miqdorda ustama olib kelmoqdalar. 2023-yil 1-avgust holatiga jami 95 nafar xorijiy til fani oʼqituvchilaridan 19 nafari (yoki jami xorijiy til fani oʼqituvchilarining 20%) Oʼzbekistonda tan olingan milliy va xalqaro darajadagi IELTS, CEFR, АPTIS va TESOL kabi sertifikatlarni qoʼlga kiritishdi.

Oʼzbekiston Respeublikasi Prezidenti sovrini uchun oʼtkaziladigan “Xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi gʼoliblari 1-oʼrin 9-umumtaʼlim maktabi 100 mln.soʼm, 2-oʼrin 7-umumtaʼlim maktabi 75 mln.soʼm, 3-oʼrin 4-umumtaʼlim maktabi 50-mln.soʼm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

            Hozirgi kunda maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tizimida 95 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʼlib, ulardan 14 ta davlat, 3 ta davlat-xususiy sheriklik, 78 ta oilaviy asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi. Hududdagi 6610 nafar 3-7 yoshli bolalardan 5464 nafari (82,7) maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Shuni ham alohida taʼkidlab oʼtish kerakki, soʼngi 5 yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrov foizi 65,5 foizdan 82,7 foizga oshgan.

Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 13795 nafar oʼquvchilarga 967 nafar oʼqituvchilar taʼlim berib kelmoqda. Sifat tarkibi boʼyicha tahlil etganda, oliy maʼlumotli 860 nafari oliy, 107 nafari oʼrta maxsus maʼlumotga ega. Shuningdek 130 nafar (13,4%) oliy, 190 nafar (19,6 %), birinchi, 303 nafar (31,3%), ikkinchi toifani tashkil etadi.

“Ikkinchi ustozlar milliy forumi” yalpi yigʼilishda 2022-2023 oʼquv yilida bir qator yutuqlarga va taʼlim sifat-samarodorligi yuqori boʼlishiga xissa qoʼshgan 60 nafar raxbar xamda pedagog xodimlar ragʼbatlantirildi.

Tumandagi 2-maktabida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning shoʼba mashgʼulotlari 14 ta fanlar kesimida sinflarga boʼlingan xolda oʼtkazildi. 14 ta fan yoʼnalishida tumandagi 19 ta umumumiy oʼrta taʼlim va 1 ta ixtisoslashtirilgan maktablardan jami 280 nafar pedagoglar ishtirok etishdi. 14 ta fan yoʼnalishida tayyorgarlik koʼrgan trener oʼqituvchilar shoʼʼba yigʼilishlarida maktablardan kelgan oʼqituvchilar bilan xamkorlikda trening mashgʼulotlari va fandagi yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар